Avgust oyi oxirida 50dan ortiq davlatlar madaniyat vazirlari Samarqandda töplanadi

Avgust oyi oxirida 50dan ortiq davlatlar madaniyat vazirlari Samarqandda töplanadi

Özbekistonda ötkaziladigan uşbu xalqaro konferentsiya natijalari nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki Osiyo-Tinç okeani mintaqasi hamda dunyoning boşqa davlatlari uçun ham birdek katta ahamiyat kasb etadi

 Joriy yil 26 avgust kuni köxna Samarqand şahrida "Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asraş: dolzarb muammolar va ularni hal qiliş strategiyasi" xalqaro anjumani bölib ötadi, deb xabar qildi Özbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev.

"Şu bilan bir qatorda 22-27 avgust kunlari Toşkent, Termiz va Samarqand şaharlarida "Özbekiston - buyuk yöllar va tsivilizatsiyalar çorrahasi: imperiya, din, madaniyat" meros haftaligini ötkaziş rejalaştirilmoqda. Uşbu haftalik doirasida Toşkent şahrida Özbekiston madaniy merosini asraş, örganiş va tarğib qiliş böyiça butunjahon jamiyatining uçinçi xalqaro kongressi, Şarqşunoslik institutida Özbekistonning yozma merosi durdonalari körgazmasi, Samarqand şahrida dunyo xalqlari liboslarini taqdim etuvçi "Eng yaxşi milliy liboslar" tanlovini ötkaziş va Termiz şahrida "Özbekiston - tsivilizatsiyalar çorrahasi nomli xalqaro arxeologiya forumini ötkaziş rejalaştirilgan", - dedi Madaniyat vaziri.

Sayfullayevning aytişiça, bu tadbirlarga Madaniyat vazirligi tomonidan 54dan ortiq mamlakat madaniyat vazirlariga taklifnomalar yuborilgan. Tadbirda YUNESKO Boş direktori Odri Azulay uşbu tadbirda iştirok etadi.

Tadbir doirasida anʼanaga köra, "Şarq taronalari" xalqaro musiqa festivali ham bölib ötadi.

"Biz 700-800ga yaqin mehmonlar kelişini kutyapmiz. Biz ularni Toşkent şahrida kutib olib, Samarqandga, söngra Termezga va yana Samarqand-Toşkent marşruti böylab aylantiramiz. Bu tadbir respublikaning eng katta töylaridan biri. Yaqin orada bu kabi katta konferentsiya Özbekistonda ötkazilmagan", - deb taʼkidladi Sayfullayev.

Madaniyat vaziri sözlariga köra, uşbu konferentsiya davomida madaniy merosni asraş sohasidagi dolzarb muammolarni muhokama qiliş, xalqaro tajribani örganiş, tarixiy-madaniy meros muhofazasini taʼminlaş böyiça milliy tizimni takomillaştiriş, uşbu yönalişda davlat va jamoatçilik taşkilotlari faoliyatining asosiy yönalişlarini belgilab beriş masalalari körib çiqiladi.

Xalqaro konferentsiya yakuni böyiça Deklaratsiya qabul qilinadi.

Anjuman doirasida Özbekistonda birinçi marotaba katta kölamli aktsiya - Meros haftaligi ötkaziladi.

Özbekistonda ötkaziladigan uşbu xalqaro konferentsiya natijalari nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki Osiyo-Tinç okeani mintaqasi hamda dunyoning boşqa davlatlari uçun ham birdek katta ahamiyat kasb etadi.

×