
Namangan muhandislik-quriliş institutida buyuk mutafakkir davlat va jamiyat arbobi Alişer Navoiy tavalludining 580 yilligini keng miqyosdan nişonlaş maqsadida Namangan muhandislik - quriliş institutida fakultetlararo "Biz Navoiyni örganamiz" kitobxonlik tanlovi taşkil etilmoqda. Navbatdagi baxs esa Maşinasozlik hamda Quriliş-texnologiyasi fakultetlarining iqtidorli talabalari örtasida bölib ötdi.

Alişer Navoiyning buyuk adabiy qomusi - "Xamsa" asosida taşkil etilgan tanlovning 7 ta şart asosidagi qizğin baxslari natijasiga köra yakunda Maşinasozlik fakultetining "Farhod” jamoasi 147 ball, Quriliş-texnologiyasi fakultetining "Yoş Navoiyşunoslar" jamoasi 142 ballni qölga kiritdi. Şu munosabat bilan tanlovning final bosqiçiga yöl olgan Maşinasozlik fakulteti jamoasi, professor öqituvçilari hamda talabalarini tabriklaymiz. Keyingi baxslarda omad tilaymiz.










