Iş haqi va pensiyalar inflyatsiyadan yuqori miqdorda oşiriladi

Iş haqi va pensiyalar inflyatsiyadan yuqori miqdorda oşiriladi

Özbekistonda iş haqi, pensiya va nafaqalar har yilgi inflyatsiya darajasidan yuqori miqdorlarda oşirib boriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi eʼlon qilgan 2026-2028 yillarga möljallangan fiskal strategiyada maʼlum qilingan.

Strategiyaga köra, 2028 yilgaça byudjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini yillik inflyatsiya darajasidan yuqori darajada oşiriş rejalaştirilmoqda. Bu çora-tadbirlar “aholining turmuş darajasini yuksaltiriş, fuqarolarning real daromadlari ösişini taʼminlaş va ularning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş” maqsadiga qaratilgan.

Ötgan yili eʼlon qilingan 2025-2027 yillarga möljallangan fiskal strategiyada esa ijtimoiy tölovlarni inflyatsiyadan kam bölmagan miqdorda indeksatsiya qiliş nazarda tutilgan edi.

Şuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi pensiya jamğarmasi daromadlari barqarorligini taʼminlaş maqsadida ijtimoiy soliqdan imtiyozlar berişni qatʼiylaştirişni rejalaştirmoqda. Masalan, 2028 yilga qadar xizmat körsatiş sohasida ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkasi — 1 foiz miqdorda — amal qiladi. Bu imtiyoz faqat 30 yoşgaça bölgan va oylik maoşi 3 mln sömdan yuqori bölgan xodimlarga taalluqli.

Prognozlarga köra, 2025 yilda Pensiya jamğarmasiga byudjetdan ajratiladigan transfertlar hajmi 20 trln sömdan oşişi kutilmoqda. 2028 yilga kelib uşbu summa 26 trln sömga yetadi. Şu tariqa, 2023 yilga nisbatan transfertlar deyarli ikki baravarga oşadi.

Hisob-kitoblarga köra, byudjet xodimlari maoşining har bir 1 foizlik oşişi 2026 yilda davlat byudjetiga 1,67 trln sömga tuşadi. Pensiyalarni şunça miqdorga oşiriş esa 861 mlrd sömni taşkil qiladi. Agar ijtimoiy nafaqa oluvçi oilalar soni 10% ga köpaysa, byudjet xarajatlari qariyb 1,6 trln sömga ortişi kutilmoqda.


×