«Britança» ştammni Özbekistonga kiritmaslik mumkinmidi?

«Britança» ştammni Özbekistonga kiritmaslik mumkinmidi?

«Yöq, biz uni hududimizga umuman kiritmaslik imkoniyatiga ega emasdik. Boisi hozirgi kunga kelib, dunyoning 60ga yaqin davlatlarida bu ştamm aniqlandi», deb javob qaytardi Koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi Nurmat Otabekov.

Uning qayd etişiça, koronavirusning «Britança» ştamm kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR davlatlaridan Özbekistonga kiriş va çiqiş böyiça taqiq mavjud bölsa-da, dunyoda özbekistonliklar borib-kelişi mumkin bölgan davlatlarning soni juda köp. Kasallik aynan yuqorida sanab ötilgan davlatlardan emas, balki uçinçi, törtinçi davlatdan kirib keliş ehtimoli mavjud edi.

×