«Özbekiston respublika tovar-xom aşyo birjasi»ga ötgan hafta 30 426,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qöyildi va ulardan 6 520,5 tonnasi, yaʼni 21,4% sotildi. Ötkazilgan savdolarda har kuni örtaça 22 xaridor iştirok etdi.
Körib çiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning boşlanğiç narxi kötarilganligi sababli uning örtaça kunlik narxi ham mahsulotning bir tonnasi uçun 5 763,0 ming sömdan 5 822,5 ming sömgaça yoki 1,0% ga ösdi.
Körib çiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning örtaça haftalik kotirovkasi 5 767,9 ming sömni, AI-91 – 6 958,2 ming sömni taşkil etdi.
Eslatib ötamiz, turli manbalarda keltirişiça avtomobil benzinining bir tonnasi örtaça 1293-1370 litrni taşkil qiladi.









