Namangan viloyati sudi binosida 2021 yil 22 yanvar kuni Prezidentimizning tegişli Farmoyişiga köra Namangan viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlangan Eranov Abdurasul Ğapporoviçni jamoatçilikka taniştiriş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining örinbosari I.Muslimov, viloyat hokimi v.b. Şavkatjon Abdurazzoqov hamda viloyat huquqni muhofaza qiliş idora rahbarlari iştirok etdilar.
I.Muslimov öz sözida Davlatimiz Rahbarining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbarilar töğrisida” gi Farmoni bilan joriy yil boşidan sud tizimini takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga qaratilgan muhim
taşkiliy-huquqiy çora-tadbirlar belgilanganligini taʼkidlab, şunga köra viloyat darajasidagi fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy sudlar birlaştirilib, ularning negizida sudyalarning qatʼiy ixtisoslaşuvi saqlab qolgan holda yagona umumyurisdiktsiya taşkil qilnganligini maʼlum qildi.
Jumladan, 2021 yildan jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlar negizida taşkil etilgan Namangan viloyat sudiga sohada köp yillik tajribaga ega mutaxassis rais etib tayinlandi.
Işonamizki, A.Eranov bor bilimi va mahoratini işga solib, odil sudlovni inson huquqlarini himoya qiladigan eng işonçli va çinakam mustaqil organga aylantirişga erişişda namanganliklarining eng yaqin kömakçisi böladi.









