ÖFA vitse-prezidenti Ravşan Ermatov mazkur lavozimni egallagani munosabati bilan hakamlik faoliyatida vaqtinçalik tanaffus olgan. Taniqli FIFA referisi bu haqda 29 iyun kuni bölib ötgan matbuot anjumanida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Tribuna.uz muxbiri.
«Avvaliga men ham şunday öylagandim. Lekin futbolning içiga kirib, undagi muammolarni körganimda yaqin vaqt içida bunday imkoniyatim yöqligini tuşunib yetyapman. Çunki iş haqiqatan ham köp. Agar borimizni berib işlamasak, undagi natija öz-özidan pastga tuşib ketadi.
Bir vaqtning özida ikkita quyonning ketidan yugursangiz, natija bölmaydi. Şuning uçun hozir bor eʼtiborimizni aytayotgan gaplarimizni amalga oşirib, futbolni töğri yölga tuşirib olişga qaratişimiz kerak. Va undan keyin bu [hakamlik] qoçib ketmas.
Endi hozir prioritetlar özgargan. Hozir futboldagi taşkiliy işlar bilan şuğullaniş boş prioritet bölib turibdi. Hakamlikni hozirça pauzaga qöydik.

Yaqin uç oyda belgilangan xalqaro öyinlarim bor edi, Xitoy va Saudiya Arabistoni çempionatlarida işlaş böyiça kelişuvlarimiz bor. Bu kelişuvlarni ham uç oyga töxtatib turibmiz. Ularga töğri tuşuntirdim, töğri tuşunişdi. Çunki özbek futbolining manfaati uçun hozir şunday qilmasak, ertaga özimizni özimiz keçira olmaymiz.
Hakamlikda muvaffaqiyatlarga erişişimda, avvalo, ona vatanim va özbek futboli oldida qarzim juda katta. Ana şu qarzni uzadigan vaqt kelgandir balki. Borimni berib, bor tajribamni işga solib, vaqtimni şunga ajratadigan payt kelgandir.
Menga xalqaro hakamlik faoliyatimni davom ettiriş imkoniyati berildi. Lekin vaqt yöq. Keçasi soat 12-1da ham assotsiatsiyada ötirgan paytlarimiz bölyapti. Bir işga qöl urdikmi, bizning yondaşişimiz şunday, borimizni berib işlaşimiz kerak», – dedi Ravşan Ermatov









