#FREEABDUKARIM: Jurnalist Abdukarim Mirzayevga ozodlik söraymiz!

#FREEABDUKARIM: Jurnalist Abdukarim Mirzayevga ozodlik söraymiz!

Jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qölga olingan özbekistonlik taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayevning uşlanganiga bugun roppa-rosa 10 kun töldi. Uning aybi isbotlanmagandan söng ham u negadir ozod qilinmadi, Mirzayev migratsiya xizmatining maxsus deportatsiya bölimiga olib ketildi.

Turkiyada magistr darajasini olgan taniqli özbek jurnalisti va rejissyor Abdukarim Mirzayev 10 dekabr 11 dekabrga ötar keçasi Istanbuldagi uyiga bostirib kelganlar tomonidan Kyuçyukçekmedje politsiya bölimiga olib ketilgan. Biroq işi prokuraturagaça yetib bormadi, çunki tergov jarayonida Mirzayevning uyi tintuv qilingan va u yerdagi buyumlardan biron bir jinoyat alomatlari topilmagan. Hatto uning körsatmalari ham eşitilmagan.

Istanbul Boş prokurori Mirzayevni gumonlanuvçi deb topdi va uning uyi tintuv qilinganligini va u Istanbul migratsiya boşqarmasiga olib ketilganligini taʼkidladi. Istanbul Migratsiya Boşqarmasi, Mirzayevni jamoat xavfsizligiga tahdid qilgani uçun deportatsiya qiliş va bu hukm ustidan nazorat qilişga qaror qildi.

Istanbul Migratsiya xizmati idorasi özbek jurnalisti Abdukarim Mirzayevni «maʼmuriy nazorat töğrisida» qarorni bajarişi uçun uni Katalkadagi Binkilik (GGM) repatriatsiya markaziga olib borgan.

«Deportatsiya jarayonini töxtatiş»ga uriniş

Abdukarim Mirzayev işlagan Registan TVning bayonotiga köra, jurnalistning advokati Mahmud Said Arslon mijoziga nisbatan çiqarilgan deportatsiya hukmini töxtatiş va maʼmuriy nazoratni tugatiş orqali Mirzayevni ozod qilinişini taʼminlaş uçun qonuniy harakatlarni olib borgan. Advokat tomonidan maʼmuriy sudga taqdim etilgan maʼmuriy nazoratni tugatiş töğrisidagi arizalar qabul qilingan taqdirda, Abdukarim Mirzayev qöyib yuborilişi mumkin.

“Odatda bunday işlar olti oygaça çözilişi mumkin, lekin bu olti oy davomida deportatsiya markazida qoladi degan maʼnoni bildirmaydi. Bilib bölmaydi, duşanba kuni ham qöyib yuborilişi mumkin, bir oydan keyin ham. Sudda yutib çiqişimizga işonyapman, çunki bu örinda Migratsiya taşkiloti notöğri iş qilyapti. Abdukarim Mirzayevga nisbatan heç qanday ayblov qöyilmagan, u Turkiya qonunçiligni buzmagan, uning qandaydir jinoyat sodir etgani böyiça dalil ham yöq. Şunçaki uning telefonidan kimlardir gaplaşgan, ana öşalar jinoyatga aloqador bölişi mumkin, Mirzayev emas”, dedi advokat.

Özbekistonda OAV

Jurnalist va rejissyor Abdukarim Mirzayevning Turkiyada hibsga olingani haqidagi xabar Özbekiston matbuotida, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokmalarga sabab böldi. Köplab OAVlar uşbu voqeani eʼlon qilar ekan, minglab foydalanuvçilar Özbekistonda keng tarqalgan ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirdi. Izohlarda «Turkiyadagi özbeklarga jinoiy javobgarlikni dalilsiz tasdiqlaş uçun bosim ötkazilmoqda», «Turkiya-özbek aloqalari» kabi köplab savollar mavjud edi.

«Abdukarim Mirzayevga nisbatan Özbekistonda heç qanday jinoiy iş oçilmagan, Turkiyada hibsga oliş bilan boğliq hodisa Özbekistonning xabardorligisiz amalga oşirilgan, mamlakat Taşqi işlar vazirligi holatni kuzatmoqda», deyiladi Özbekiston Boş prokuraturasiga oid bayonotda.

Vatangan qaytariş markazi (GGM) nima?

Huquq-tartibod idoralari tomonidan biron-bir sabab bilan hibsga olingan çet elliklar Migratsiya idorasiga olib boriladi va ular jinoyatga aloqasi bölmagan taqdirda ham qöyib yuborilmaydi. Turkiya immigratsiya maʼmuriyati «deportatsiya» jarayonini aslida «mehmon uylari» maqomidagi repatriatsiya markazlarida «maʼmuriy nazorat ostida» uşlab turadi.

Xorijiy davlatlar fuqarolari maʼmuriy mablağlarni tejaş bilan sud qarori bölmasa ham, bir yilgaça aynan şunday markazlarda bölişlari mumkin. Sönggi vaqtlarda sudlar köpinça kuzatuv ostida bölganlarni ozod qiliş töğrisida qaror qabul qilib, uşbu amaliyot qonunga muvofiq emasligini taʼkidlamoqda.

Teskari qonun amaliyoti: odatdagi amaliyot şundan iboratki, jinoyatda gumon qilingan şaxs sud qarori bilan hibsga olinadi, GGMda esa, aksinça, prokuratura va sudlar ozod etişga qaror qilgan şaxslarga nisbatan kuçga kiritiladi. Uşbu holat jinoyat sodir etganligi aniqlanmagan çet ellik şaxslarni repatriatsiya markazida ularni “içkarida saqlaş” amaliyoti sifatida talqin etiladi.

Turkiyadagi muhojirlar tegişli GGM’larni şafqatsizlik makoniga aylanib ketayotganidan şikoyat qilişmoqda. Çunki ayrim muhojirlar GGM markazida bölgan çet elliklarga nisbatan yomon muomala qilinayotganini aytişadi. U yerda koronavirus epidemiyasidan himoya ham yaxşi emasligi, bir neça oy davomida asossiz nazorat ostida uşlab turilganligidan muhojirlar doimiy nolib kelişadi. Şuningdek aynan markazlarning birida muhojir ayol zörlanganligi ortidan köplab şikoyatlar tuşganligi OAVga maʼlum.

G-87 (Xavfsizlikni çamalaş kodi) nima?

Immigratsiya maʼmuriyati tergov qilinmagan biroq «terrorizmda gumon qilinuvçi» sifatida olib kelingan çet elliklar uçun G-87 çeklov kodi yoki şunga öxşaşlarni qöllaydi. Kodni taʼkidlaydigan bölsak, bu YTS (xorijiy terroristik faol) deb nomlanadi. G-87 kodiga kiritilgan çet ellikka biron bir tarzda Turkiya mamlakatida yaşaş uçun ruxsatnoma berilmaydi. U keyinçalik ham mamlakatga kira olmaydi, hatto öqiş va rasman işlaş uçun ruxsatnomasi bölsa ham. Bu kod mamlakatda bölgan köplab xorijliklar hatto boşlanğiç maktab öquvçilaridan tortib, keksa xorijliklarga ham qöllanib kelinadi.

Muhojir va qoçqinlar huquqlarini himoya qiluvçi nodavlat taşkilotlari G-87 va şunga öxşaş kodlar özboşimçalik bilan kiritilgani va muhojirlar bu kod ortidan asossiz deportatsiya qilinayotganini taʼkidlaydi.

Abdukarim Mirzayev oxirgi paytda Istanbuldagi «Registon TV» kanalida boş rejissor sifatida faoliyat yuritayotgan edi. Xuddi şu kanalda işlyotgan jurnalist Sanjar Said hamkasbining boşiga tuşgan işlar aslida anglaşilmovçilik bilan boğliqligini aytadi.

“Şu yilning 28 noyabr kuni Abdukarim Mirzayev Floryaga, yaʼni dengiz sohiliga oilasi bilan aylangani çiqqan. Öşa paytda zamonaviy körinişdagi törtta ayol yaqinlaşib – ikkitasi 35-40, qolgan ikkitasi 16-17 yoşlarda – Abdukarimdan telefonini berib turişini, qönğiroq qilmoqçi ekanligini aytgan. Ulardan biri 2-3 daqiqa gaplaşgan.

Şundan keyin Abdukarimning telefoniga har xil erkaklardan SMSlar, qönğiroqlar kela boşlagan. Abdukarim ularni “tarbiyasi çatoqroq şekillida”, deb ham öylagan. Qiziği, öşa ayol qönğiroq qilganidan keyin yap-yangi telefonning işlaşi sekinlaşib, qotib qoladigan bölgan.

11 dekabrga ötar keçasi uning uyiga turk xavfsizlik kuçlari kelib, tintiv ötkazgan, lekin şubhali heç narsa topa olmagan. Abdukarimni politsiya bölinmasiga olib borişgan. Aybi yöqligi isbotlangan bölsada, undan keyin deportatsiya qilinişi uçun Migratsiya boşqarmasiga topşirişgan”, deya tuşuntirdi Sanjar Said.

Mirzayevning yaqinlari şu paytgaça uning qöyib yuborilişiga umid qilib, yuz bergan hodisani ommaga oşkor etişmaganini aytmoqda. Ular Mirzayevning qandaydir aybi borligiga işonmaydi.

40 yoşli jurnalist Surxondaryoning Denov tumanida tuğilgan. Özbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutida tahsil olgan. “Poytaxt” va “Zamin” radiokanallarida, “Yoşlar” telekanalida, “Diydor” teatr-studiyasida işlagan. Asosan falsafiy-tarbiyaviy ruhdagi çiqişlari bilan tanilgan, bir qator hujjatli filmlar suratga olgan.

Youtube platformasidagi “Yöldagi odam” kanalida uning 370 mingdan ziyod, telegramdagi kanalida esa 117 mingdan ziyod kuzatuvçilari bor. Sanjar Saidning aytişiça, oxirgi ikki-uç oy içida Abdukarim Mirzayevning ijtimoiy tarmoqdagi videolavhalari yanada ommalaşib ketgan.

Dunyoning turli nuqtalaridan unga minnatdorçilik bildirganlar, maslahat sörab murojaat qilivçilar soni köpaygan. U hamkasbining heç qanday diniy oqimlarga aralaşmaganini, heç qanday diniy va siyosiy daʼvolari yöqligini taʼkidladi.

“Abdukarim aka heç qaçon siyosatga aralaşmaganlar, umuman qiziqmaganlar siyosatga, xohişi bölmagan bunga. Diniy mazmunda qandaydir hikoyani aytib beradigan bölsalar, albatta, “Registon TV”dagi yoki Özbekistondagi domlalardan maslahat olganlar. U kişi faqat ijodga, kinoga qiziqadilar. Turkiyaga kelişimizdan maqsad ham ijod edi – Istanbul film akademiyasida öqimoqçi edik, lekin moddiy imkomiyatimiz yetmadi. Şundan keyin Kastamonu universitetiga öqişga kirdik”, deydi jurnalistning turmuş örtoği Nafisa Omon.

Uning aytişiça, Floriyada Abdukarimdan telefon söragan ayollar körinişidan eronlik yoki arabga öxşagan. Ular foydalangandan keyin telefon işlamay qolgan, telefon kompyuterga ulangandan keyin unda ham xuddi şunday holat kuzatilgan. Jurnalist bu holatni xakerlarning işi deb gumon qilgan.

Effect.uz axborot agentligining Turkiyadagi manbasiga köra, jurnalist tez orada bölib ötilişi kutilayotgan suddan söng ozodlikka çiqişi mumkin. Biroq uning Özbekistonga deportatsiya qiliş masalasi haqida rasmiy taşkilotlardan aniq javob yöq. Katta ehtimol bilan Abdukarim Mirzayev Özbekistonga qaytarilişi mumkin. Uşbu jarayon kelgusida jurnalistning rejalarini barbod qilib yuboradi.

Bugun, Toşkent vaqti bilan soat 14:30da Abdukarim Mirzayev tarafdorlari Tvitterda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanga murojaat yöllaşadi. Aynan şu vaqtda tvitter tarmoği #freeAbdukariM xeştegi bilan boyişi kutilmoqda. Telegramda jurnalist nomiga oçilgan guruhda ayni vaqtda 23 mingga yaqin iştirokçi uşbu:

TÜRK'ün dostu TÜRK'tür! Sn. Cb @RTErdogan, Özbekistanlı gazetecı, Kastamonu Üni. YL öğrencisi Abdulkarim Mirzayev suçsuz İstanbulda tutuklu Lütfen dikkatinizi esirgemeyin!

#freeAbdukariM @suleymansoylu @kalin1 @by @hasandogan  @Ahaber @trt @Haberturk @KanalD @tgrt @cnnturk

sözlarni jahonning eng köp kuzatuvda böladigan tvitter tarmoğida ulaşmoqçi. Bundan maqsad siyosat va diniy oqimlarga heç qanday aralaşuvi bölmagan jurnalistni ozod qilib, vaziyatdan Rajab Toyib Erdöğan va mamlakatning köplab vakolatli şaxslarini eʼtiborini jalb qiliş hisoblanadi.

manba: Effect.uz

×