Yevropadagi jazirama Grenlandiya muzliklarini eritib yuborişi mumkin

Yevropadagi jazirama Grenlandiya muzliklarini eritib yuborişi mumkin

Jahon meteorolog va iqlimşunoslari Yevropada kuzatilayotgan bu yilgi anomal jazirama Grenlandiya muzliklari erib ketişiga va muz muhofaza qalqoni yöqolişiga olib kelişidan taşviş bildirmoqda. 

Şimoliy Afrikadan Yevropaga kirib kelgan isssiq tsiklon, endilikda, Grenlandiya tomon harakatlanmoqda, deb yozmoqda Reuters agentligi. 

«Kuzatuvlar natijasiga köra, bu bizning xavotirlarimizga sabab bölmoqda. Havo oqimi bu issiqni Grenlandiyaga olib boradi», - degan Butunjahon meteorologiya taşkiloti matbuot kotibi Kler Nullis BMTning Jenevada bölib öötgan navbatdagi brifingida. 

Nullisning fikriça, bu Grenlandiyada 2012 yilda kuzatilganidek, muzlarning faol erişiga olib kelişi mumkin.

«Bu yuqori havo haroratiga olib keladi va natijada Grenlandiya muz qatlamlari erişining kuçayişiga zamin tuğdiradi. Biz, hozirça, uning 2012 yilgi darajaga çiqişini bilmaymiz, albatta», - degan Nullis. 

Maʼlumotlarga köra, iyul oyidayoq muz muhofaza qalqoni 160 mlrd tonna muzdan mahrum bölgan. Bu Olimpiya stadioni hajmidagi 64 millionta çömiliş havzasiga teng. 

Grenlandiya muz qörğoni orolning 80 foizini egallaydi va bir neça ming yillar mobaynida qor qatlamlarining muzga aylanişi natijasida vujudga kelgan. Qayd etiş joiz, Grenlandiyaya muz qoplami jahon iqlim tizimining muhim qismi hisoblanadi. 

Muz gumbazi balandligi 3000 metrga yetadi, jami muz qoplamining hajmi taxminan 2,9 mln metr3ni taşkil etadi. U erisa, jahon dengiz sathini 7 metrga kötarilişiga olib keladi. Grenlandiya muz qatlamining erişi katta iqlim özgarişlariga olib keladi, çunki u Quyoş nurlarini koinotga qaytariş xususiyatiga ega. 

Olimlarga köra, yana 1,5 yildan söng, fojianing oldini olib bölmaydi.

×