2021 yildan boşlab dunyo böylab ötkaziladigan Qurʼon, azon va hadis musobaqalarida Özbekiston nomidan “Imomlar yurtiga sayohat” mukofoti joriy qilinadi.
Bu haqda “Özbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantiriş va ziyoratçilar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident farmoni loyihasida belgilab qöyilmoqda.
Mazkur hujjat loyihasi bilan uzoq xorij va qöşni respublikalardan xorijiy ziyoratçi sayyohlarni qabul qiliş va ularga qulay şart-şaroitlar yaratiş böyiça “Yöl xaritasi” ham işlab çiqilib, unda Ziyorat turizmi yönalişida xorijiy va xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlik masalalari hal qilinadi.
Şuningdek, 2021 yil avgust oyiga qadar Din işlari böyiça qömita, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi va Taşqi işlar vazirligi Dunyo böylab ötkaziladigan Qurʼon hofizlari va Hadis talabalari musobaqalari ğoliblari örtasida grand-finalni Özbekistonda taşkil etiş böyiça Hukumat farmoyişi loyihasini işlab çiqadilar.









