«Farosatsizlikka yöl qöygan mahalliy mutasaddilarni mutlaqo oqlab bölmaydi» — «Vaqf» fondi qorbobolar yuzasidan javob berdi

«Farosatsizlikka yöl qöygan mahalliy mutasaddilarni mutlaqo oqlab bölmaydi» — «Vaqf» fondi qorbobolar yuzasidan javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan yurtimizda istiqomat qilayotgan yordamga muhtoj oilalarga ulaşilgan xayriya mahsulotlari oldida qorbobo surati tasvirlangan fotolavhalar yurtdoşlarimizda turli salbiy fikrlarni keltirib çiqardi.

«Vaqf» xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati tarqatgan xabarda bu voqeaning röy berişi va unga taşkilotning aloqasi töğrisida maʼlumot berilgan.

Xabarda aytilişiça, «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan taşkil etilgan mehr-muruvvat tadbirlari biror-bir sana yoki ijtimoiy bayramlarga aloqasi ham, qorboboni taklif etişda Fondning örni ham yöq.

«Joylardagi tadbirlarning şakli va mazmuni hududlardagi taşkilotlar tomonidan uyuştirilgan bölib, bunday farosatsizlikka yöl qöygan mahalliy mutasaddilarni mutlaqo oqlab bölmaydi. Xususan mana şu holatga sababçi bölgan Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumani hokimligi vakillari uzr söraşlari kerak.

Şunday ekan, tarqatilgan suratlardagi qorbobolarning «Vaqf» xayriya jamoat fondiga heç qanaqa aloqasi yöq. Bu holat uçun Fond va uning xodimlarini obrösizlantiriş haqorat va adolatsizlikdir. Har qanday töğri va işonçli maʼlumotni istalgan vaqtda Fondning özidan oliş mumkinligini yana bir bor taʼkidlaymiz», — deyiladi fond xabarida.

Xabarning davomida fond amalga oşirgan işlar haqida gapirilib, jami 91550 nafar kam taʼminlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ulaşilgani, 56 ta «Mehribonlik», «Muruvvat» va «Saxovat» uylaridagi mavjud ehtiyojlarni örgangan holda, ularga foydalaniş uçun televizor, kir yuviş maşinasi, tikuv maşinasi, kompyuter va printer, sovutgiç, generator, videokamera, çangyutgiç, peç, dazmol kabi zarur texnik jihozlar olib berilgani aytilgan.

«Sinovli kunlarda yanada jipslaşib, bir-birini qöllab-quvvatlaş, yiqilganni suyaş örniga, mana şunday 100 mingdan ziyod oilalar va bir neça yuz ming insonning dardiga malham bölgan savobli işlarga soya soliş va noxolis talqin etiş çin möminlik sifati emas», — deyiladi fond bayonotida.

×