Bugun, yaʼni 28 dekabr kuni Köksaroy qarorgohida 2020 yilda davlat mukofotlariga sazovor bölganlarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Unda Şahnoza Soatova ham şaxsan Prezidentning qölidan «Şuhrat» medalini qabul qilib oldi.
Bloger Şahnoza kanalida yozişiça, mukofotni topşirayotganda Prezident unga şunday degan:
«Şahnozaxon, ommaviy axborot vositalari va blogerlar juda faolsizlar, yaxşi ketyapsizlar, sizni ularning bir vakili sifatida taqdirladik, sizning qiyofangizda ularni taqdirladik, böşaşmanglar».
Şahnoza Soatova ana şu sözlar uçun Prezidentga minnatdorçilik bildirgan!
Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev özining telegram kanalida Şahnoza Soatova Prezident qölidan mukofot qabul qilib olgan ilk bloger sifatida tarixga kirganligini taʼkidladi.









