FIFA JÇ-2026 uçun mukofot pullarini oşirdi

FIFA JÇ-2026 uçun mukofot pullarini oşirdi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yilgi Jahon çempionatining mukofot jamğarmasini 15 foizga oşirib, 871 million dollarga yetkaziş haqida qaror qabul qildi. Bu haqda taşkilot rasmiy saytida xabar berildi.


Uşbu qaror FIFA kengaşining Vankuverdagi (Kanada) yiğilişida “erkaklar örtasidagi asosiy turnirning tijoriy muvaffaqiyati”ga tayangan holda qabul qilingan.

Yangilangan moliyaviy rejaga köra, 48 ta iştirokçi terma jamoaning har biri avval eʼlon qilingan 10,5 million dollar örniga kamida 12,5 million dollardan oladi. Tayyorgarlik uçun ajratiladigan mablağ har bir jamoa uçun 1,5 million dollardan 2,5 million dollargaça, kvalifikatsiya badali esa 9 million dollardan 10 million dollargaça oşirilgan.

Bundan taşqari, FIFA delegatsiyalar xarajatlarini qoplaş va terma jamoalar uçun çipta kvotalarini köpaytiriş maqsadida jami 16 million dollardan ortiq subsidiya ajratgan. Daromadlarning qolgan qismi avvalgidek FIFA aʼzosi bölgan 211 ta assotsiatsiya orqali jahon futbolini rivojlantirişga yönaltiriladi.

Mukofot pullarining qayta körib çiqilişiga milliy assotsiatsiyalarning xavotirlari sabab bölgan. Ular logistika va soliqlarning yuqoriligi, ayniqsa AQŞda, turnirda muvaffaqiyatli iştirok etgan taqdirda ham moliyaviy yöqotişlarga olib kelişi mumkinligidan xavfsiramoqda. “The Guardian” naşrining xabar berişiça, köplab Yevropa federatsiyalari Jahon çempionatidagi iştirok zarar bilan yakunlanişi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Maʼlumot uçun, 2026 yilgi Jahon çempionati ilk bor 48 ta jamoa iştirokida, bir vaqtning özida uçta mamlakat – AQŞ, Kanada va Meksika hududida 11 iyundan 19 iyulgaça bölib ötadi.


Teglar:
×