Qöqonda 10 dan ortiq xotin-qizlar uylarida gaz va elektr energiya yöqligi sabab şahar hokimiyati oldidagi yölni tösişdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video tasvirda mutasaddilarga murojaat qilinsa-da, ular eşitmayotgani taʼkidlangan.
«Hokimiyat atrofida yaşovçi ayollar hokimiyat binosi oldidagi yölni tösayapti. Çunki uylarida gaz, svet yöq. Mutasaddi xodimlarni bir neça marotaba çaqirdik, lekin ular bizni eşitişni istamadi. Gaz, svet yöqligidan töyib ketdik, haqiqatdan ham», – deydi video tasvirga olgan ayol.
Ayollar yölni böşatişni söragan haydovçilarga qarata, «urib ketişingiz mumkin bemalol, töyib ketganmiz, baribir uy sovuq», deydi. Tasvir sönggida YPX xizmati avtomaşinasi yaqinlaşayotgani aks etgan.









