Jurnalist va blogerlarni eşitişga majburmiz – Prezident

Jurnalist va blogerlarni eşitişga majburmiz – Prezident

Xabaringiz bor, keça, 25 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston yoşlar forumida iştirok etdi. Davlat rahbari anjumanda yoşlarga murojaat yölladi.

Prezident nutqi davomida oilaviy ajrimlar va OAVning jamiyatdagi örni masalasiga ham töxtalib ötdi.

“Bugun men aytib ötgan oilaviy ajrimlar, maʼnaviyat, maʼrifat, internet böyiça muammolar köp. Özbekiston endi oçildi, orqaga yölimiz yöq.

Yana bir marta taʼkidlamoqçiman, ommaviy axborot vositalari törtinçi hokimiyat böliş nuqtai nazaridan kimgadir yoqmaydi.

Ammo oxirgi bir yil içida jurnalistlar, blogerlar va yoşlarning ijtimoiy tarmoqlarda çiqqan ovozlari bizning islohotlarimiz va qarorlarimizga katta kömak beryapti, bu haqiqat.

Yoqadimi, yoqmaydimi, ularni eşitişga majburmiz. Töğrisini eşitib, xulosa çiqaramiz, notöğrisini töğri yölga soliş — burçimiz, vazifamiz”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Eslatib ötamiz, davlat rahbarining yoşlarga murojaati kenga qamrovli bölib, unda ilm-fanni rivojlantiriş, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş masalalariga töxtalib ötildi.

Jumladan, Şavkat Mirziyoyev oliy taʼlim muassalariga yuqori ball bilan öqişga kirgan talabalar uçun maxsus Prezident granti joriy qilinişini maʼlum qildi.

Şuningdek, yoşlarning ğoyalarini amalga oşirişi uçun mablağ ajratilişi ham aytib ötildi.

×