Yaqinda ilmiy muhitda katta nufuzga ega bölgan, Buyuk Britaniyada naşr qilinadigan The Lancet tibbiyot haftalik jurnalida AQŞ, Italiya va boşqa mamlakatlarning bir guruh olimlari tomonidan Rossiyada işlab çiqarilayotgan «Sputnik V» vaktsinasiga nisbatan şubhali munosabatlarini bildirişdi.
Bundan sal avvalroq Rossiyaning N.F.Gamaleya nomli epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi vakili Denis Logunovning «Sputnik V» vaktsinasining dastlabki ikki sinov bosqiçi natijalari haqidagi maqolasi bosilgan edi.
Xorijiy olimlarning raddiyasida bildirilişiça, maqolada keltirilgan bir qator tajribalarda statistik xatoliklar mavjud. Avvalo, ötgan öta qisqa vaqt vaktsina işlab işlab çiqariş uçun kifoya qilmaydi. Şu bois, bu vaktsina maqolada körsatilganidek katta muvaffaqiyatlarga erişişi mumkin emas. Qolaversa, rus olimlari dastlabki emlaş bosqiçidan keyin turli guruhlarga mansub odamlar organizmida bir xil miqdorda antitanaçalar işlab çiqarila boşlaganini maʼlum qilişgan. Holbuki, turli yoş va toifaga mansubda odamlarda bir vaqtning özida bir xilda antitanaçalar paydo bölişiga ilmiy nuqtai nazardan işoniş qiyin.
Maqola muallifi, vaktsina işlab çiqariş jarayoniga rahbarlik qilgan Denis Lagunov “Meduza” naşriga bergan intervyusida uşbu ayblovlarga öz munosabatini bildirdi. Unga köra, maqolada biror xatoga yöl qöyilmagan. Antitanaçalar körsatkiçlari ham töğri berilgan. Vaktsina yaratuvçilariga hali u klinik sinovdan ötmay turib, vaqtinçalik qayd guvohnomasi berilgan. Uçinçi bosqiçda 40 ming nafarga yaqin köngillida vaktsina yil oxiriga qadar sinab körilişi kerak.
TASS xabar berişiça, Rossiya Fandar akademiyasi muxbir aʼzosi, Şimoliy Karolina universiteti hamda Moskva Davlat universiteti professori Aleksandr Kabanov The Lancet jurnali atrofidagi bahs-munozaralarni tabiiy hol sifatida baholadi:
— Ilmiy natijalarni tanqid qiliş aslida ilmiy jarayonning bir qismi sanaladi, — deydi A.Kabanov. Ç Zero, bu yerda gap yirik ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan vaktsina ustida bormoqda. Qolaversa, The Lancet jurnali ilm-fan olamida öz pozitsiyasi va xolisligi bilan ajralib turadi. Şu bilan birga bu tanqid mehnatlarimiz natijasining xato ekanini bildirmaydi. Buni xorijlik olimlar ham eʼtirof etişgan. Darhaqiqat, hali sinovlar töla tugallanmagan va yakuniy fikr aytişga hali vaqt bor. Eng asosiysi, dastlabki sinov natijalarida biror noaniqliklar közga taşlangan taqdirda ham bu vaktsinamiz yaroqsiz degani emas. Şuni unutmaslik kerakki, hali Yer yuzida boşqa birorta mukammal vaktsina yaratilgani yöq. Ularning barçasi sinov bosqiçida va ön minglab odamlar tanasida sinovdan ötkazilişi kerak.
Olimning aytişiça, u Gamaleya institutida işlab çiqarilgan vaktsina kutilgan natijalarni berişiga işonadi. Eslatib ötamiz, mazkur vaktsina 11 avgust kuni röyxatga olingani haqida mamlakat rahbari V.Putin maʼlumot bergan edi.









