Xotiniga axlat yedirgan erkakka sud hukmi öqildi (Video)

Xotiniga axlat yedirgan erkakka sud hukmi öqildi (Video)

Avvalroq, poytaxt Toşkentning Mirzo Uluğbek tumani, “Oqqörğon” mahallasida er xotinini masxara qilib, unga tan jarohati yetkazgan va farzandining axlatini yeyişga majburlagan erkak qölga olingani haqida xabar berilgan edi.

Bugun, 14 dekabr kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tuman sudida unga nisbatan oçilgan jinoyat işi yuzasidan sud majlisi bölib ötdi. Sud zöravon erni 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.

Maʼlum qilinişiça, Rustam Omadiloviç Ismatullayev Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 110-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (muttasil ravişda döpposlaş yoki boşqaça harakatlar bilan qiynaş) jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga şu moddaga asosan 3  yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazo muddati joriy yilning 9 oktyabridan boşlab hisoblanadi. 

Özbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining 2004 yil 24 sentyabrdagi “Qasddan odam öldirişga oid işlar böyiça sud amaliyoti töğrisida”gi 35-sonli qarorining 8-bandida “ojiz ahvol deb jabrlanuvçining fiziologik, jismoniy yoki ruhiy jihatdan  özini himoya qilişga, aybdorga faol qarşilik körsatişga qodir emaslik yoki öziga nisbatan sodir etilayotgan harakatlarning xususiyati va mohiyatini tuşuna olmaslik yoxud öz harakatlarini boşqara olmaslik holati tuşunilişi kerak. Bunda aybdor jabrlanuvçi ojiz ahvolda ekanini anglagan bölişi şart”, deya rahbariy tuşuntiriş berilgan.

Sud sudlanuvçi Rustam Ismatullayevga jazo tayinlaşda uning aybiga töliq iqrorligini, qilmişidan puşaymonligini, muqaddam sudlanmaganligini jazoni yengillaştiruvçi holatlar va uning qilmişida jazoni oğirlaştiruvçi holatlar yöq deb baholab, jinoyatning xususiyati va unga nisbatan qöllaniladigan jazo çorasi aybning va şaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bölişi kerakligini inobatga olib, modda sanktsiyasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlaşni lozim deb hisoblagan.

×