Xotiniga pampers yedirgan erkakka sud hukmi öqildi

Xotiniga pampers yedirgan erkakka sud hukmi öqildi

Samarqandda ayolini bolasining tagligini yeyişga majburlab, uni 8 yillik turmuşi davomida muttasil tahqirlab va kaltaklab kelgan Ş.K.ga sud hukmi öqildi. Zöravon er 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Samarqand şahar jinoyat işlari böyiça sudi xabar qildi.
 
Avgust oyi oxirlarida ijtimoiy tarmoqlarda erkak öz rafiqasini döpposlayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Şundan keyin mazkur holat böyiça Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi (özini öldiriş darajasiga yetkaziş), 105-moddasi 2-qismi “g” bandi (öta şafqatsizlik bilan badanga qasddan jarohat yetkaziş) moddalari böyiça Ş.K.ga nisbatan jinoiy iş qözğatilib, ayblanuvçi joriy yilning 23 avgust kuni poytaxt Toşkentda qölga olindi. 

Ş.K öziga eʼlon qilingan ayblovlardan rafiqasini öz joniga qasd qilişga olib boriş ayblovini tan olmagan. Uni turmuş örtoğini urganiga iqror bölgan. 

Uşbu sud jarayoni bir neça kun davom etgan. Bugun, 1 dekabrda bölib ötgan yakuniy sud hukmiga köra, sudlanuvçi Ş.K. tegişli moddalar bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 6 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni ötaş 2020 yil 24 avgustdan boşlab hisoblanişi belgilangan.

Ş.K. sönggi sözida suddan uzr sörab, bunday işlarni qaytib qilmasligini maʼlum qilgan. Sudda qatnaşgan jabrlanuvçi Mustahkam Vahobova esa çiqarilgan hukmdan roziligini bildirgan.

×