Sinf xonasida pirotexnika portlatgan öquvçi IIB röyxatiga olindi

Sinf xonasida pirotexnika portlatgan öquvçi IIB röyxatiga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda sinf xonasida öqituvçisini oldida pirotexnika vositasini portlatgan öquvçining tasviri aks etgan video tarqaldi. Xalq taʼlimi vazirligi holatga izoh berdi.

Maʼlum bölişiça, sinfda pirotexnika vositasini portlatgan öquvçi Farğona viloyati Boğdod tumanidagi 15-umumiy örta taʼlim maktabining 11-sinfida tahsil oladi.

Hodisa işçi guruh tomonidan örganilganda quyidagilar maʼlum böldi.

Maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi birinçi navbat törtinçi soatdan keyingi tanaffus paytida maktabning 11-sinf öquvçilarining tinçligini saqlaş maqsadida xonaga kirgan, öquvçilarni tartibga çaqirib, şu sinf öquvçisi J.Ş.ga xonadagi parta stullarni töğrilaşni buyurgan. J.Ş. öqituvçining tanbehidan notöğri xulosa çiqarib pirotexnika vositasini yoqib yuborgan. Uşbu holatni şu sinf öquvçilari A.Q. va N.S.lar videoga olib özining Tik-Tokdagi şaxsiy profiliga joylagan.

Voqea yuzasidan şu kunning özidayoq jamoatçilik va huquq tartibot organ xodimlari hamkorligida örganiş işlari olib borilib, öquvçilarning ota-onalariga MJtKning 47-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb hisoblanib, bazaviy hisoblaşning 2 baravari miqdorida, yaʼni 446 ming söm miqdorida jarima qöllanilgan.

Öquvçilar bir yil muddatga tuman IIBda profilaktik işlari olib boriş uçun röyxatga olindi.

Xalq taʼlimi vazirligi bu kabi holatlar ayançli oqibatlarga olib kelmasligi uçun ota-onalardan farzand tarbiyasiga masʼuliyat bilan qaraşga çaqirgan

×