Namanganda kelasi yil palov bayrami ötkaziladi

Namanganda kelasi yil palov bayrami ötkaziladi
Namangan viloyati hokimligi va Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan xalqaro anʼanaviy «Taste of Uzbekistan» gastronomik festivalini taşkil qiliş böyiça çora-tadbirlar rejasi işlab çiqildi. Unga köra 2021 yilda Namanganda katta palov bayrami ötkaziladi. Tadbirda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan 50 mingdan ortiq sayyohlar iştirok etişi kutilmoqda, deya yozadi ÖzA. Ayni paytda zamonaviy Çust oş markazini barpo etiş yuzasidan amaliy işlar boşlangan. Uşbu markaz Çust döppisi va Çust piçoği xalqaro muzeylari bilan bir joyda qurilişi közda tutilmoqda. Eslatib ötamiz, avvalroq Statistika qömitasi maʼlumotiga köra, eng arzon palov Namangan va Qoraqalpoğistonda tayyorlanişi aytilgandi.
×