Özbekistonda maktab öquvçilarining kuz-qiş mavsumi davrida öquv maşğulotlariga qatnaşidagi qator noqulayliklar, maktablar masofasining uzoq radiusda joylaşgani, içki yöllardagi holat va boşqa qator sabablar tufayli maktablarda beriladigan taʼtillar davriga özgartiriş kiritiş taklifi berildi.
Maʼlumotlarga köra, Respublikadagi 10 000 ga yaqin umumtaʼlim maktabining aksariyati qişloq hududlarida joylaşgan. Ularni kuz-qiş mavsumida isitiş va elektr energiyasi uçun davlat byudjetidan 80-100 mlrd. sömga yaqin mablağ sarflanmoqda.
Taʼkidlanişiça, bunga qator omillar, jumladan, içki yöllarning yomon holatdaligi va şu yöllardan öquvçilarning piyoda qatnab öqiyotganligi, bu mavsumda kasalliklarning keskin oşişi, umumtaʼlim maktablarining markaziy isitiş tizimlariga ulanmaganligi hamda issiqlik va elektr-energiyasiga bölgan ehtiyojning keskin ortib ketişi sabab bölmoqda.
Buning oldini oliş uçun taʼlim muassasalaridagi öquv yilining boşlaniş va tugaş vaqtini, öquv yili davomidagi taʼtil kunlarining muddatini özgartiriş hisobiga qişki taʼtil kunlarini belgilaş taklif etilgan. Yaʼni:
• öquv yilining boşlanişini 2 sentyabr kunidan 26 avgust kuniga köçiriş;
• öquv yilining tugaş kunini 25 may örniga 31 may deb belgilaş;
• öquvçilar uçun amaldagi 4-9 noyabr, 28 dekabr - 10 yanvar, 21-27 mart sanalaridagi taʼtil kunlarini 25 dekabrdan 2 fevralgaça qişki taʼtilga özgartiriş;
• yozgi taʼtil vaqtining ikki haftaga qisqarişi munosabati bilan öqituvçilar uçun 11-25 yanvar kunlari davomida ikki haftalik haq tölanadigan mehnat taʼtilini berib boriş taklifi berilgan.
Buning qanday foydasi bor?
Taʼkidlanişiça, uşbu özgarişlar jiddiy salbiy oqibatlar keltirib çiqarmagan holda quyidagi ijobiy natijalarga olib keladi:
• kuz-qiş mavsumi davridagi isitiş va elektr energiyasi sarfi 30 foiz atrofida tejaladi;
• uşbu maqsadlar uçun xarajatlar sarfi 20-30 milliard sömga kamayadi;
• hozirgi kunda bir vaqtga töğri kelayotgan Mustaqillik bayrami, Birinçi Prezidentimizning Xotira kuni hamda Bilimlar kunlarining tarbiyaviy-maʼnaviy tasʼirçanligini oşişiga xizmat qiladi;
• öquvçilarga, ayniqsa, boşlanğiç sinf öquvçilariga qulayliklar yaratiladi;
• boşlanğiç sinf öqituvçilarining dars maşğulotlaridagi mehnat sarfi 10 foizga yaqin qisqaradi;
• öqituvçilar uçun öquv yili örtasida ham mehnat taʼtiliga çiqiş va öz ustida işlaş uçun qöşimça imkoniyat paydo böladi.
Bundan taşqari, Prezident Farmonida belgilangan “Özbekiston böylab sayohat qil” içki turizmni rivojlantiriş dasturini amalga oşiriş böyiça taʼlim muassasalari öquvçilari, rahbar-xodimlari uçun qöşimça imkoniyatlar yaratadi.









