Özbekiston Içki işlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot ğoyalarni tarqatmaslikka çaqirdi

Özbekiston Içki işlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot ğoyalarni tarqatmaslikka çaqirdi

Ijtimoiy tarmoqlarning özbek segmentida turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot ğoyalarni tarğib qiluvçi maʼlumotlar tarqalmoqda. Özbekiston Içki işlar vazirligi bu mazmundagi maʼlumotlarni tarqatiş jinoiy javobgarlikka sabab bölişidan ogohlantirdi.

Vazirlik tomonidan taʼkidlanişiça, turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot bölgan ğoyalarni tarğib qiluvçi maʼlumotlarni tayyorlaş, saqlaş va tarqatiş Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş), 244 prim 3-moddasida (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş) belgilangan javobgarlikka tortilişiga sabab böladi.

«Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarini (jurnalist, bloger va fuqarolar) omma eʼtiboriga havola qilinayotgan maʼlumotlarni avvalo qonunga xilof emasligini örganib çiqişingizni söraymiz», — deyiladi IIV xabarida.

Avvalroq Özbekiston musulmonlari idorasi Muhammad (s.a.v) haqidagi karikatura atrofida yuzaga kelgan bahslarga munosabat bildirgandi hamda bunday holatda hissiyotga berilmasdan, haqoratlardan tiyilişga va muammoning yaxşi yeçimini izlaşga çaqirgan.

Eslatib ötamiz, Frantsiyada tarix fani öqituvçisi öquvçilarga Charlie Hebdo naşri tomonidan çop etilgan Payğambar Muhammad (s.a.v.)ning karikatura suratini körsatgan. Şundan söng öqituvçi çeçenistonlik muhojir tomonidan öldirilgan. Bu voqea Frantsiyada keng jamoatçilikning muhokamasiga sabab böldi. Öldirilgan öqituvçi bilan vidolaşiş marosimida Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat söz erkinligidan, jumladan karikatura borasidagi erkinlikdan voz keçmasligini maʼlum qilgan. Frantsiya prezidentining mazkur bayonoti ortidan Yaqin Şarqdagi baʼzi mamlakatlarda Frantsiyada işlab çiqarilgan mahsulotlarni boykot qiliş boşlandi.

×