NamDU 4-bosqiç talabasi, Yoşlar ittifoqi granti sohibi, deputat, tarixçi, iqtisodçi va ijodkor Javlonbek Abdullayev bilan suhbat
Jussasi kiçikroq, ammo közlarida hayotga bölgan muhabbati çeksiz Javlonbekning bolaligi öziga xos murakkabliklardan iborat. U dunyoga kelganida onasi Möʼtabarxon aya, otasi Abduqayum aka xursandçilikdan yeru kökka siğmagan edilar. Javlonbek oilaning kenja farzandi edi. Otasi öqituvçi, onasi esa uy bekasi. Endigina olti yoşga tölganida, yozning jazirama kunlari edi. Maktabga çiqiş istagi qalbini qamrab olgan, bunga tayyorgarlik ham körişgandi. Ammo falokat oyoq ostida ekan. Köçada çopqillab ketayotib, maşina kelganini bilmay qoldi. Natijada öynoqlab yurgan bolakay avtohalokat sabab töşakka mixlandi. Murğakkina vujud oğir azobni matonat bilan yengsa-da, öz jigargöşasining dardini kötargan ota-ona nurab borardilar, göyo! Ularni moddiy qiyinçiliklar, farzandining kelajagi öylantirardi…
Hozir esa qahramonimiz yoşlarning eng faol qatlamiga mansub: suziş böyiça ikki, yadro uloqtirişda bir karra Özbekiston çempioni, Paralimpiya öyinlari ğolibi, Namangan Davlat universiteti bitiruvçisi, Kosonsoy tumani deputati. Ehtimol, hayratlanmassiz, çaqqon ekan-da, dersiz. Biroq Javlonbekning qöltiqtayoqda ötayotgan 18 yillik hayotidan xabar topib, bu marralarga erişiş unga oson bölmaganini his qilasiz.
- Javlonbek, ilk bor sizga qöltiqtayoq va nogironlik aravaçasi tutqazişganida özingizni qanday his qilgansiz?
– Bu mudhiş voqea 2003 yil 14 avgustda sodir böldi. Öynagani köçaga çiqdim. Çanqab ketib ariqdan suv içgani borayotsam, uzoqdan nimadir kelayotganini payqadim-u, ammo qoçişga, devor tagiga ötişga ulgurmadim. Soniyalar içida men «KamAZ» ğildiragi yonida yotganimni kördim: hammayoğim qon, qöllarim, ust-boşim çang edi. Qayta huşimni yöqotdim… Közimni oçsam, şifoxonadaman. Örnimdan turay deb çoyşabni kötarib hammasini tuşundim. «Oyoğim qani?» deb qiçqirdim. Boyadan buyon tinmay labini tişlayotgan onam höngrab yiğladi, otam esa palatadan çiqib ketdi. Öşa baxtsiz hodisa sabab oyoğimdan ayrilganman…
Keyin kamina uçun eng oğir kunlar boşlandi. Tengdoşlarim meni bir-bir tark etib, körinmay qoldilar. Onamdan: «Nega ular kelişmaydi?» deb yiğlab söraganimda: «Ular maktabga borişyapti, bolam!» degandilar. Men esa tört devor içida ötirardim. Dadam yelkalarida kötarib yurdilar. Onam esa közimga tikilib, kulib tursalar-da, yuraklari yiğlaganini sezardim. Boşimdan oğir muolajalarni ötkazdim. Natijada bir oyoğim kesib taşlandi.
Hamma maktabda öqiyotgan paytda otam: «Uy - maktab, men - öqituvçi senga!» degança ruçka, daftar, kitob kötarib keldilar. Işonasizmi, tört devor içida qolganim sabab otamni quyoşga öxşatdim. Hayotimga ziyo olib kirgan edilar. Ha, birinçi ustozim otam edi. Köp ötmay, tengdoşlarimdan hatto özib ketdim. Yana bir voqea esa meni larzaga soladi. Ijtimoiy taʼminot markazidagi xodimlar menga nogironlik aravaçasini olib kelişganida rosa şod edim. «Endi men ham köçalarga çiqaman!» dedim. Quvonçim bir olam edi. Birozdan söng, uyga otam keldi. Aravaçani kördilar-u, baqirgança uni köçaga uloqtirib taşladilar. Men heç qaçon dadamni bu ahvolda körmagandim. Ançagaça xafa yurdim, ranjidim, yiğladim. Ammo keyinçalik otam nimaga unday qilganlarini tuşundim.
Yuzimni tabassum tark etgan, közimga atrof-muhitdan tortib odamlargaça yoqmagan bolalik damlarim. Yuqorida aytganimdek, boşlanğiç taʼlimni uyda boşladim, bir vaqtda özbek va rus tillarini örgandim. (Hozir çet tillarini yaxşi bilaman, sakkiz balli «IELTS» sertifikatim ham bor). Kunduzi kitob öqib, keçasi otamga sözlab berardim. Ammo baribir maktabga bormaganim alam qilardi. Keyin «Mana senga qöltiqtayoq. Töğri, boşida undan foydalanişga qiynalasan, lekin tez orada uning qulayligini anglaysan», dedilar. «Futbol öynasam ham böladimi?» közlarimni katta-katta oçib, dadamga qarab söradim. «Ha, faqat yaxşilab yurişni örganib ol!» dedilar. Şu keçadan eʼtiboran bir juft qöltiqtayoqda yurişni maşq qila boşladim. Bir yiqildim, ikki yiqildim… Xullas, unda bemalol harakatlanişni örgandim. Dadam bundan juda mamnun böldi va menga bitta qöltiqtayoqning özi yetarli ekanligini uqtirdi… Agar öşanda nogironlik aravaçasiga ötirganimda, bir umr şu matohning egasiga aylangan, boğlanib qolgan bölardim. Buning uçun otamdan bir umr minnatdorman. Padari buzrukvorim va volidai muhtaramam yelkalarida kötarib yurib, özlari bu olamni erta tark etdilar. Ilohim, ruhlari şod bölsin! Hozir akam Jamşidbek bilan birga yaşayman.
- Avvalo, bu savol uçun uzr, ayting-çi, özingizni nogiron deb hisoblaysizmi?
- Xijolat bölmang, bu sözlar (yoki tuşunçalar)ning mohiyatini har kim har xil tuşunişi, tavsiflaşi mumkin. Atrofdagilarning aksariyati «nogiron» sözini taʼsirli, açingannamo ohangda tilga olişadi.
Xöş, nogiron kim? Şu örinda sevimli yozuvçim Tohir Malikning fikrlarini eslab, miyamdagi jangari xayollarni tartibga solsam:
«Tilimizda har xil atamalar borki, yoqimli, baʼzan açinarli. Ulardan bittasi «nogiron» degan atama. Alloh har bir odamni har xil qilib yaratadi. Baʼzilar tuğilişdan, baʼzilar orttirma kamçilikka ega böladi. Bularning hammasi sinov. Sinov deganimki, Alloh odamga hayvondan farqli ölaroq aql va juda katta iroda bergan. Lekin bu irodani barça bir xilday kuçga kiritolmaydi. Öşa kuçni odam özi beradi irodaga. Irodasizligi uning zaifligi.
Hamma yoği soppa-soğ, hamma şaroitlari bor öqimaydi, ilm olmaydi, tanbal, dangasa - ana öşalarni majruh, nogiron deyiş kerak!»
Ha, demak, aqlan soğlom, maʼnan yetuk kişini «nogiron» deb ataş notöğri.
- Universitetni tamomlayapsiz, talabalik davringizdagi taassurotlaringiz, kelgusi rejalaringiz töğrisida örtoqlaşasizmi?
- Kosonsoy tumani markazidagi 1-umumtaʼlim maktabi muallimi Karima Ibragimova birinçi ustozim, yakka tartibda xonadonimizga kelib saboq ulaşganlar. Tumandagi 22-DIMI, NamMTI qoşidagi 2-sonli akademik litsey ustozlaridan qarzdorman. Irodamni bukmay, yoşlikdan qator ğalabalarni qölga kiritib kelmoqdaman.
Aʼlo baholarga öqişim meni Namangan davlat universiteti tomon yetakladi va talaba degan nomga muşarraf böldim. Oliy öquv yurtim men uçun muqaddas dargoh. Bu yerda pedagoglarimning mehrini, muhabbatini, qöllab-quvvatlaşlarini his qildim. Ustozlarim Rustam Imomov, Kamoliddin Sirojiddinov, Feruza Murodxöjayeva, Azizbek Azizov, Javohir Yöldoşev. Saidakbar Mutalovlar yutuqlarimga katta hissa qöşişmoqda, kömak körsatişmoqda.
Sportning suziş turi bilan muntazam şuğullanaman. Paraolimpiada iştirokçisi va ikki karra Özbekiston çempionligiga erişdim. Yadro uloqtiriş böyiça bir karra respublika çempioniman. Şu holimda bir qança viloyat va respublika körik-tanlovlarining ğolibiga aylandim. Badiiy ijodda qalam tebratib, bir qator badiiy va ilmiy maqolalar muallifi, universitetda ötkazilayotgan barça tadbirlarning faol qatnaşçisi, sertifikat va diplomlar sohibi böldim, köplab loyihalar muallifiman. Ustozim Kamoliddin Sirojiddinov rahbarligida Namangan viloyatida meva-sabzavot mahsulotlarini yetiştiriş, qayta işlaş va sotiş xalqaro marketingi strategiyasini işlab çiqiş böyiça ilmiy izlaniş olib bormoqdaman. Yaqinda nogiron-amputantlar örtasida Özbekiston futbol musobaqasi turnirini taşkil etişdagi taşabbusni qölga olib, dastlabki öyinlarni yölga qöydik.
Namangan davlat universiteti jamoasi men singari isteʼdod egalarini öz bağrida beminnat tarbiyalamoqda.
Darvoqe, Har safar qandaydir qiyinçilikka duç kelsam, otamning umid bilan boqayotgan közlarini, onam yelkasida xalta kötarib, oilaga yordam berişga şoşayotganlarini köz oldimga keltiraman. Ular qiyinçilikdan qörqişmadi. Men işonamanki, hayot har doim inson irodasini sinab boradi va yaxşi kunlarni hadya etadi. «Men Vatanim taraqqiyoti uçun hissa qöşa olsam bas!» degan tuyğu bilan yaşayman.
- Haqiqiy vatanparvarligingiz va metin irodangiz tahsinga sazovor. Albatta, şu harakatlaringiz katta kuç va bilim talab qiladi. Tuşkunlikka tuşib qolgan vaqtlaringizda motivatsiyani qayerdan olasiz?
– Hayotning keskin zarbalarini totişga ulgurdik: avtohalokat, qayta-qayta operatsiya, maʼlum muddat hayotga begonalik hissi, odamlarning munosabatlaridagi açiniş ohangi, avval otamning, keyinçalik onamning vafot etişlari, yolğizlik… Xullas, ketma-ket musibatlar yigirma uç yoşimgaça boşimga tuşibdi, ammo nolimayman, yaşayotganim uçun Yaratganga şukur aytaman! Xotiralar tuşkunlikka tuşiradi. Biroq hayotda barça narsaning öz vazifasi bor… Motivatsiyani aynan tuşkunlikning özidan olaman. U yordam berolmasa, ota-onamning elas-elas quloğim ostida jaranglaydigan hikmatli sözlari dasturilamalimdir. Ortga yöl yöq! Ortiq qoqiliş, çekiniş, hissiyotlarga öralaşiş nojoiz. Oldimda eng buyuk vazifa – Alloh bergan umrni samarali sarflab, ota-onamning işonçini oqlaşdek muqaddas burç bor. Deputatlikdek qiyin vazifa baʼzan yelkamni zirqiratadi. Şunda hazrat Navoiyning bir bayti yodimga keladi. «Nafʼing agar xalqqa beşakdurur, Bilki, bu nafʼ özingga köprakdurur», deyiladi «Xamsa»da. Maqsadim – xalqqa keçayu kunduz xizmat qilişdir, bunda işonç katta masʼuliyat yuklaydi. 2019 yil Kosonsoy tumani Kengaşiga deputat bölib saylandim. Odamlarning dardu taşvişlarini birgalikda hal etiş menga doimo qanoat va qanot bağişlaydi. - Boşqalarga ham tavsiya qiladigan eng sevimli maşğulotingiz haqida gapirib bersangiz…
– Avtofalokat tufayli töşakda yotgan paytlarimda kitoblar menga eng yaqin döst böldi. Hayotimda ular bilan boğliq çiroyli va unutilmas xotiralar talaygina. Uyimizda dadam rahmatlining ijodxonalari bölardi. Şiftga qadar örnatilgan kitob javonlari liq töla va yuksak did bilan joylaştirilgan. Bir tarafda luğat, entsiklopediyalar turkumi terilgan bölsa, narigi tomonda özbek va jahon adabiyoti durdonalari. Maşrab, Bobur, Puşkin… röyxatni uzoq davom ettiriş mumkin.
Dadam iqtisodçi bölganligi uçun noyob sohaga oid asarlarni alohida tortmada saqlardi. Men öşa kitoblarga köproq qiziqardim. Ularni tuşunmasam-da, öqiyverardim. Jildlari sarğaygan, kitobning «şitir»laşidan zavqlanardim. Yillar ötib, uylar ham, kitob javonlari ham yangilandi. Ammo öşa bolaligimdagi ertaknamo ijodxonani qömsayveraman. Bolalikning, ilmning hidi bor edi unda… Hozir özimning kutubxonam va muhrim bor.
Şaxsiy kutubxonamdan otamdan qolgan eski va aziz kitoblardan tortib özbek, rus, ingliz tilidagi badiiy va ilmiy adabiyotlar örin olgan. Yanada boyitiş harakatidaman. Ha, aytgança, ulğayibman. Hozirda siyosiy asarlar bilan birgalikda romantik asarlarga qiziqişim baland (kuladi). - Javlonbek, umuman tinmaysiz, çarçamaysiz, suziş böyiça ikki karra, yadro uloqtirişda bir marta Özbekiston çempioni, nihoyat, Paralimpiya öyinlari ğolibi böldingiz. Yuqori poğonalarda turganingizda könglingizdan nimalar keçdi?
– «Çopilgan oyoğim bilan çopdim men…» deb yozgan edi Rauf Parfi… Qöltiqtayoqda yurgan bolaning kun kelib çempion bölişi kimning ham xayolida bor, deysiz. Yoz faslida örtoqlarim bilan soyda tengma-teng suzaverib, tuzukkina sportçiga aylanganimni payqamay qolibman. Ilk bor musobaqada qatnaşib, ğalaba qozonganimda hammasi tuşdek köringan menga. Onamning quvonçini, oğiz töldirib qöşnilarga maqtanganlarini aytmaysizmi! Söngra sportga (hayotga ham) qiziqişim ortdi. Xuşxabarlar bir-biriga ulanib ketdi. Paralimpiya ğolibi bölganimdagi quvonçlarni söz bilan taʼriflab bölmaydi. Yurtimizga şoda-şoda medallar olib kelayotgan sportçilar qatorida ekanligimdan behad baxtiyorman. Darhaqiqat, şoir aytganidek, men ham «çopilgan oyoğim bilan çopdim» va agar ona Vatanimizning obrösi uçun nafaqat sport maydonlarida, balki tumandoşlarimning farovon turmuş tarzi uçun siyosat maydonida ham qança kerak bölsa, şunça «çopiş»ga tayyorman.
Oçiği, bemorlik davrimda Alloh bergan aziz neʼmat – vaqtning naqadar bebaholigini angladim. Ijtimoiylaşiş tört devor içida qamalib ötirişdan afzalligini tan oldim. Rahmatli şoirimiz Anvar Obidjon aytganidek, «Hayotning har lahzasi gözal, umrning har oni ğanimat» ekan. - Uka, kitobga, gazetaga oşnolik inson qalbini nurlantirarkan, hayotga muhabbatni kuçaytirarkan, bunga sizning misolingizda yana bir karra işonç hosil qildik. Mazmunli suhbatingiz uçun taşakkur!
Suhbatni «Yangi Özbekiston» gazetasining Namangandagi muxbiri Orifjon JÖRAYEV yozib oldi.









