Öqituvçilarning pensiya yoşi qisqartirilişi mumkin

Öqituvçilarning pensiya yoşi qisqartirilişi mumkin

Pedagog xodimlarning maqomi töğrisidagi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

Loyihada pedagog xodimlarning pensiya yoşini qisqartiriş, oyliklarini oşiriş, ularni majburiy mehnatdan himoyalaş, şaxsi va qadr-qimmatiga nisbatan noloyiq munosabatlarga qarşi kuraşişga oid normalar kiritilmoqda.

Masalan, loyihada quyidagi takliflar ilgari surilmoqda:

  • pedagog xodimlarning şaʼni, qadr-qimmatini himoya qiliş masalasida hamda mansabdor şaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini tölaşdan ozod etiş;
  • pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga, yiğilişlar va boşqa tadbirlarga jalb qilişni taqiqlaş;
  • pedagog xodim maqomiga ega şaxslarga kökrak nişoni va guvohnoma beriş;
  • pedagog xodimga umumiy belgilangan yoşdan beş yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya oliş huquqini taqdim qiliş;
  • pedagog xodim tomonidan uy-joy va avtotransport vositasini xarid qiliş uçun uning oylik iş haqidan yönaltiriladigan mablağlarni daromad soliğidan ozod etiş;
  • davlat taʼlim taşkilotlari tugatilganda, davlat tomonidan pedagog xodimga avvalgi işiga (lavozimiga) teng boşqa iş (lavozim) berilişini kafolatlaş;
  • ellik olti iş kunidan iborat yillik haq tölanadigan uzaytirilgan taʼtil beriş, şuningdek, taʼtil berilganida, kalendar yilida bir marta bazaviy lavozim maoşi miqdorida soğliğini tiklaş uçun moddiy yordam beriş;
  • pedagog xodimning bazaviy lavozim maoşi BHMning ön baravaridan (2 million 230 ming sömdan) kam bölişi mumkin emasligi belgilanib, unda mutaxassisligi, malaka toifasi hamda ilmiy darajasi, davlat mukofotlari va unvonlari inobatga olingan holda ustama va qöşimça haqlar tölaş;
  • umumiy örta taʼlim taşkilotida ilk bor kasbiy faoliyat boşlayotgan şaxsga bir öquv yili davriga öqituvçi-murabbiylikni amalga oşiruvçi pedagog xodim biriktiriş;
  • pedagog xodimning köp yillik xizmati uçun ustama tölaş tizimini joriy etiş;
  • pedagog xodimni kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarşi bepul profilaktik emlaş;
  • oliy maʼlumotga ega bölmagan, ammo taʼlim taşkilotlarida kamida beş yil iş stajiga ega pedagog xodimni kiriş test sinovlarisiz, tölov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan taşqari oliy taʼlim muassasasining pedagogika yönalişi böyiça sirtqi, keçki va masofaviy taʼlim şakliga suhbat asosida öqişga qabul qiliş.

Quyidagi havola orqali loyiha muhokamasida iştirok eting.

×