Viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzaqov Namangan şahridagi yuqori bosimli magistral tarmoğida nosozlik kuzatilgan “Paxtaliköl” suv uzatiş inşootiga borib, mutasaddilar iştirokida holatni joyida közdan keçirdi
Bugun, 11 yanvar kuni “Paxtaliköl” suv uzatiş inşootida D-1000 millimetrli yuqori bosimli magistral tarmoğida suv quvurining yorilişi sodir bölgan va soat 10.00 dan boşlab inşootning faoliyati vaqtinçalik töxatilgandi.
Buning oqibatida Namangan şahrining Namangan şahrining Oromgoh dahasi, “1-Axsikent”, “2-Axsikent”, “Gözal”, “Çamanzor”, “Minçinor”, “Mustaqillik”, “Pahlavon”, “Nurobod”, “Sihatgoh”, “Mehnatobod”, “Işonç”, “Istiqbol” MFY hududi va 1-kiçik tumani ayrim joylarida içimlik suvi taʼminotida vaqtinçalik uzilişlar sodir bölgan.
Hozirda “Namangan suv taʼminoti” MÇJ mutaxassislari tomonidan tezkorlik bilan nosozlikni bartaraf etiş çoralari körilmoqda. Şuningdek, “Oromgoh” suv inşooti orqali taʼminot töxtatilgan hududlarga içimlik suvi yetkazib beriş çorasi körilmoqda.
Mutasaddilar “Paxtaliköl” suv uzatiş inşootidagi nosozlik 4 soat içida, yaʼni soat 18:00 ga qadar bartaraf etilişini bildirmoqda.









