Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Özbekfilm” kinostudiyasida amalga oşirilgan işlarni közdan keçirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari Oliy Majlisga joriy yilgi Murojaatnomasida kinematografiya sohasida badiiy jihatdan yetuk asarlar yaratiş, zamonaviy kinoindustriyani rivojlantiriş, jumladan, yangi kinoteatrlar quriş lozimligini taʼkidlagan edi.
Şu maqsadda sohaga katta mablağ yönaltirildi. Xususan, “Özbekfilm”dagi barça pavilonlar taʼmirlanib, yangi kartinalar suratga oliş uçun şaroit yaxşilandi. Mazkur kinostudiya va hujjatli filmlar studiyasini zamonaviy texnikalar bilan jihozlaş davom etmoqda.
Prezident şu yerda kino sanʼati faxriylari, rejissyorlar, soha mutacaddilari bilan suhbatlaşdi.
“Kino juda murakkab, xalqimiz, jamiyatimiz uçun muhim soha. Ilgari “Özbekfilm” studiyasi xaroba holga kelib qolgandi. Köp joylari, binolari ijaraga berib yuborilgandi. Mana, hammasi öz egasiga – kinoçilarga qaytarildi. Yetarli eʼtibor bölmagani sababli mamlakatimiz kino sanʼatida turğunlik paydo bölgan edi. Faqat yengil-yelpi, tijorat kartinalari yaratilib, soha rivoji dunyodan ortda qolib ketdi”, dedi Şavkat Mirziyoyev uçraşuvda.
Keyingi paytlarda eʼtibor va rağbat berilgani bois kinoasarlar mazmuni özgardi. Xususan, «Imom Termiziy», «Islomxöja», «Elparvar», «Qöqon şamoli», «101», «Ibrat» kabi tarixiy filmlar işlandi.
“Oxirgi yillarda yaratilgan kinolarimizning soni kam bölsayam, maʼnosi bor”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Özbek tomoşabini faqat çet el teleseriallari taʼsiriga tuşib qolmasligi, aksinça, tariximiz, sanʼatimiz, adabiyotimiz, qadriyatlarimizni yaxşi bilişi, şu ruhda tarbiya topişi kerakligi taʼkidlandi.
“Kino – tarbiyaning zamini. Bu ijodning maktabini oçişimiz kerak. Hozir mukammal filmlar yaratişga havasimiz bor, lekin sifatlisi kam. Yurtimiz tarixi haqida albatta film bölişi kerak. Bunga vaqt keldi”, dedi davlat rahbari.
Eng sara özbek filmlari 100 taligini tuzib, davlat va xususiy telekanallarda namoyiş qiliş böyiça tavsiyalar berildi. Prezident milliy kino sanʼati fidoyilarini eʼtirof etiş maqsadida har bir hudud umumtaʼlim maktablariga Razzoq Hamroyev, Şukur Burhonov, Nabi Rahimov, Hamza Umarov, Lutfixonim Sarimsoqova kabi el sevgan ijodkorlar nomini berişni taklif qildi.
Jahon kinosanoati yutuqlarini örganiş va tatbiq etiş, ijodkorlar malakasini oşirib boriş, xususan, yoşlarni Rossiya davlat kinematografiya institutida öqitiş böyiça fikrlar bildirildi. Şuningdek, bolalar uçun kinostudiya taşkil kiliş ğoyasi ham ilgari surildi.










