Toşkent viloyati IIBB YHXB tomonidan viloyat hududida tezlik bilan boğliq qoidabuzarliklar qatʼiy nazoratga olingan.
Xususan, Toşkent şahrida röyxatda turuvçi, "Lacetti" rusumli avtomobil haydovçisi joriy yilning ötgan 10 oyi mobaynida viloyat hududida tezlik bilan boğliq 36 marta qoidabuzarlik sodir etgan.
Haydovçi aholi yaşaş (5.22 yöl belgisi örnatilgan) joyida çeklangan tezlik 70 km/s bölişiga qaramasdan, uşbu hududdan yuqori tezligi 140 km/s, past tezligi esa 80 km/s bilan harakatlangan.
Natijada, tezlikni 36 marta meʼyoridan oşiriş 35 457 000 söm jarima belgilanişiga sabab bölgan.
Bu kabi, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatidan röyxatdan ötgan "Nexia" rusumli avtomobillar ham aholi yaşaş joyida 100 km/s kam bölmagan tezlikda harakatlanib, 12 martadan qoida buzgan. Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan örnatilgan tartibda jarimalar belgilangan.









