BEMORLARIMIZDAN BIRI TUŞKUNLIKDA HATTO VASIYATNOMA YOZMOQÇI BÖLGANDI

BEMORLARIMIZDAN BIRI TUŞKUNLIKDA HATTO VASIYATNOMA YOZMOQÇI BÖLGANDI

Salomatligimiz posbonlari - najot fariştalari haqida söz yuritilar ekan, ularning pandemiya davridagi mislsiz jasoratini barçamiz dildan his etib turibmiz. Oq xalatli fidoyilarga taʼzim qilişga, mehnatini eʼzozlaşga, qadr-hurmatini yuksaltirişga beixtiyor vijdonan özimizni safarbar etyapmiz. «COVID - 2019» infektsiyasi janggohlarida matonat namunasini körsatayotgan uç qahramonimiz bilan avvalroq yuzma-yuz suhbat uyuştirgandik. Uni qoğozga tuşirişning mavridi, mana, şifokorlarning kasb bayrami kunlarida ekan. Namangan viloyati kardiologiya markazining Namangan şahridagi Hamza subfiliali ham joriy yilning mart oyidan beri hayot bilan kuraş, jang maydoniga ixtisoslaştirilgan. Maxsus berilgan himoyaviy libosni kiyar ekanman, bu holda qança muddat çiday olişimni çamaladim va işimni tezroq bitirişga şoşildim. Içkariga kirişim bilan qörquv va hayajonga öxşagan tuyğu vujudimni qamray boşladi. Şifoxona hovlisi sokin, qalin daraxtzor, kuz fasli bölişiga qaramay, atrofda yaşillik ustuvor. Qatorlaşgan arçalar oraliğidagi yölakdan yurib, meni kutayotgan masʼulga röbaro keldim. Dastlab u kişi bilan taşqarida - toza havoda gaplaşdik.

Baxtiyor AZIMOV,
kardiolog, viloyat kardiologiya markazining Hamza subfilialida taşkil etilgan koronavirusga qarşi kuraş ştabi boşliği:

  • Respublika ixtisoslaştirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat fililali Kardiotserebral va reabilitatsiya bölimi mudiri va şifoxonaning vraç-statist vazifalarini bajaraman, 20 yillik iş tajribasiga egaman. Koronavirusga çalingan bemorlarni davolaş va karantinda saqlaş jarayonlariga guvoh böliş uçun, albatta, köz bilan kuzatiş, tasavvur hosil qiliş kerak. Şunda hozir şifokorlarga oson bölmayotgani tuşuniladi. Xodimlarimiz viloyatdagi şahar-tumanlardan jalb etilgan tajribali, köngilli tibbiyot xodimlari va mutaxassislaridir. Xalq tilida sobiq «sovpartaktiv» deb ataladigan, ilgari sanatoriy-profilaktoriy bölgan mazkur joyda davolaniş va dam oliş ança qulay.
    «COVID-19» koronovirus infektsiyasi bilan oğrigan bemorlarni viloyat markazidagi «Barkamol avlod» sport majmuasidagi saralaş markazida taqsimlanadi. Şifokor va tibbiy xodimlarga zarur va standartdagi dori-darmon, tibbiy anjomlar soğliqni saqlaş boşqarmasi tomonidan yetkaziladi. Oziq-ovqat va himoya kiyimlari (kombinezon) bilan taʼminlaş Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan amalga oşiriladi. Körib turganingizdek, nazorat qatʼiy tartibda yölga qöyilgan, doim sergaklikni oşirib aylanib yuraman. Hududga begonalarga, bemorlarning yaqinlariga ham ruxsat yöq. Lekin ular umuman xavotirlanmasalar ham böladi. Çunki har bir hamyurtimiz alohida eʼtiborda. Bir martalik idişlarda jönatiladigan va körikdan ötkazilgan ovqatlardan, oçiğini aytiş kerak, özimiz ham tamaddi qilamiz, taomlar taʼmi mazali va quvvatli, buni bemalol bemorlardan tasdiqlatib olişingiz mumkin.
    Darvoqe, uzoq muddatli navbatçilik haqida söradingiz. Bu tartibning afzalligi infektsiya öçoğidan virusni taşqariga, xodim oila aʼzolariga tarqalişining oldini oladi. Keçayu kunduz 13-14 işlagan xodimlardan tibbiy tahlillar olinib, 15-kun soğlomligiga işonç hosil qilgan holda uyiga ruxsat beriladi.
    Şifoxona şoşilinç vaziyatda 70 nafar bemorni qabul qilib, malakali tibbiy yordam körsata oladi. Taʼkidlaş joiz, pandemiyaning dastlabki bosqiçida yuz-minglab xorijdan qaytganlardan tortib, koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölgani uçun gumonlanganlargaça davlat tomonidan karantin muassasalariga joylandi va ularga ikki haftalab beminnat ğamxörlik körsatildi.
    Taʼsirli voqealar bizda har kuni, har daqiqada sodir böladi. Ahvoli oğir, istimasi yuqori deb baholangan bemorni ijobiy tomonga özgarişidan oliyroq mukofot bormi bizga! Öşa paytlarda Allohga hamdu sano aytib, mehrimiz yanada tovlanib, bilimimizni betoblarga beminnat qöllaşga şaylanamiz.

Sohibaxon TURSUNBOYEVA, infektsionist, ştab masʼul şifokori:

  • Aslida, Yangiqörğon tuman tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimida işlayman, 23 yildan beri vraçman. Şifokorlar sulolasidanman. Mutaxassisligim böyiça oğir holdagi odamlarga yordamim tegişini xohlab, bu yerga biriktirildim.
    Koronavirus havo-tomçi orqali yuqadi. Farğona vodiysi toğli hudud bilan öralgani va aholisi ziç joylaşgani bois, Namanganda köproq qayd etildi, tarqalişi keng tez va keskin röy berdi. Bilasiz, ayni xazonrezgi pallada allergik va mavsumiy kasalliklar kuçayadi va «Covid 2019» belgilari bilan çalğitadi. Farqli tomonlari şundaki, şamollaş va grippda yuqori harorat 40 gradusgaça kötariladi, koronavirusda esa isitma faqat 37,5 - 38 ga boradi, xolos. Biroq iştaha, hid va taʼm biliş sezgilari buziladi, yomonlaşadi, quvvat sezilarli kamayadi, sovuq içimlik va yegulik isteʼmol qilmasangiz-da, quruq yötal qiynaydi, ovoz böğiladi, çunki oğiz va burun böşliqlari orqali şilliq qavatlarga virus tuşgan böladi.
    14 kunlik davolaniş davrida va keyin ham köp va tez-tez içimlik içiş, kuçli ovqatlaniş, vitaminlar qabul qiliş va vitaminlarga boy taomlar, mevalar yeyiş immunitetni kötaradi. Öpkani kislorodga töyintirişni va nafas maşqini, yengil badantarbiyani bajarişni aslo unutmaslik darkor. Jismonan va ruhan çiniqiş, profilaktik emlaniş aksariyat xastaliklarning oldini oladi va bartaraf etadi. Sport bilan muntazam şuğullaniş soğlom turmuş garovidir.
    Karantin hududimizga turli yoşdagilar - homiladorlar, bolalardan tortib keksalargaça, ayollaru erkaklar, boyvaççayu oddiy işçigaça - hammasiga munosabat bir xil, dardga oilaviy çalinganlar ham yotqizilgan. Yakkama-yakka muloqotlarda ularga optimist bölişni, hayotni sevadigan va jöşqin insonga aylanişni tuşuntiramiz. Axir soğayiş bevosita kayfiyat bilan boğliq.
    Onaman-ku, farzandlarimni soğinaman, ular bilan hatto telefonda gaplaşişga böşamagan kunlar bölgan. Ammo bizdan umidvor bemorlardan bir lahza ham diqqatimizni uzmadik. Ularni xursand etiş va tuzatiş niyatida raqsga tuşib, qöşiq ham aytib berganmiz. Tuşkunlikdan çiqariş uçun muolajalarga qöşimça farzand, aka, singil yoki eng yaqin inson kabilar mehr berişi talab qilinadi.
    Bemorlarga nima uçun asosan tabletkalar tavsiya qilinişiga qiziqyapsiz. Şundoq ham azoblanayotgan tanani qiynaşning nima keragi bor, töğrimi, ukollarga hojat yöq.

Akmaljon BOYMIRZAYEV: pulmonolog, ştab masʼul şifokori:

  • Mingbuloq tumanidagi 2-viloyat ftiziatriya şifoxonasida 2012 yildan buyon işlayman.
    Pulmonolog sifatida qayd etmoqçimanki, vazni katta, qandli diabeti va biror qöşimça tibbiy muammosi bor bemorlarda koronavirusga çaliniş moyilligi köproq uçraydi. Niqob taqmagan va şaxsiy gigiyena qoidalarini bajarmaydigan kişi har qanday virusga çidamsizdir. Hozirgi tekşiruvlar IFA PTSR va rentgen aniq diagnoz uçun yetarli asos bölmay qoldi. Faqat MSKT (multispiral yoki multisrezovanaya kompyuter tomografiya) tekşiruvi işonçli fakt beryapti, u öpkani millimetrlarda kesib körsatadi. Virusni asosiy jarohatlovçi organi öpkalar bölib turibdi. Asorati boşqa organlarda qolişi mumkin. Öpkada 14-20 kunda töliq sörilib ketyapti.
    «Covid 19» infektsiyasi bilan oğrigan bemorlarga asosan öpkada havo almaşinuvini yaxşilovçi dori vositalariga qöşimça davolaş gimnastikasi ötkaziş hamda qoringa yostiq qöyib, pastga qarab yotqiziş tavsiya etiladi. Ikkilamçi infektsiyaning oldini oliş maqsadida antibiotiklar mikroelementlarning balansini normallaştiruvçi dorilarni qöllaş kabi muolajalar körsatilyapti.
    Iş rejamiz 24 soatli kun tartibidan iborat, xonalarni aylanib çiqişning öziga 5 soatça vaqt ketadi. Bemorlarda xastalikdan köra vahima baland, qolaversa, ularning injiqligiga könikiş, savollariga qoniqarli javob qaytariş lozim, ayrim noşukur va bepisand kimsalarga pandemiyaning ahamiyatini anglatiş kerak.
    Bir bemor keldi, örta oğir darajada va tuşkunlikda edi. Oldiga kirib, şikoyatini söraganimda oq varaq söradi va vasiyatnoma yozmoqçi ekanini bildirdi. Kasallik töğrisida, xudo xohlasa, tez kunda darddan foriğ bölişini tuşuntirganimdan keyin fikridan qaytdi. 5 kunda ahvoli yaxşilanib, uyga ketişga hozirlandi.
    Ha, «Vahima - yarim kasallik, xotirjamlik yarim soğlikdir, sabr esa soğayişning boşlanişi» deya bitganida Abu Ali ibn Sino haq edi. Xullas, hamma kasallikda bemor şifokor tomon bölmasa, davolaş befoyda, kasallik va bemor şifokorni yengib çiqadi. Ayniqsa, darrov vahima va sarosimani, halovatni yöqotiş çoralarini körgan maʼqul. Zero, soğayişga işoniş va yaxşi niyat qiliş kerak!..
    Bemorlarning saturatsiyasini pulsoksimetrda ölçab yurgan Hamşira Sanobar va nafas olişga qiynalayotganlarga kislorod kontsentratorini ulab çiqayotgan feldşer Abdurahmon bilan ham gaplaşdim. Ularning quyidagi dilsözi yodimda qoldi:
    «Karantin hududli maxsus şifoxonada keçgan xavfli, maşaqqatli, lekin esda qolarli, şarafli kunlarimizdan rozimiz!»

Orifjon JÖRAYEV,
«Yangi Özbekiston» gazetasining Namangandagi muxbiri.

×