Namangan viloyati Çortoq tumanida 2020 yil 18 oktyabr kuni 1978 yilda tuğilgan N.M. ismli ayol uyida jinsiy aloqa qiliş uçun şaroit yaratib bergani aniqlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, içki işlar bölimi tomonidan ayolning xonadoni közdan keçirilganda uşbu fuqaro 100 ming söm evaziga uyida 26 yoşli erkak va 38 yoşli ayolning jinsiy aloqa qilişi uçun şaroit yaratib berganligi aniqlangan.
Uşbu holat böyiça tuman içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi (Qöşmaçilik qiliş yoki fohişaxona saqlaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.









