Namangan. 2020 yil 08 maydan 09 mayga ötar keçasi nomaʼlum şaxs Pop tumani Vodiy MFY hududida joylaşgan 34 yoşli F.J., ga tegişli dökonga eşik qulfini buziş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, u yerdan 1.000.000 söm va 200 AQŞ dollari naqd pul hamda 7.000.000 sömlik xöjalik va oziq-ovqat mahsulotlarini öğirlab, hodisa joydan yaşiringan.
Holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov-tezkor harakatlari natijasida uşbu jinoyatni 29 yoşli O.A. va qöşnisi 27 yoşli A.E., lar sodir etganliklari aniqlanib, oziq-ovqat va parfyumeriya mahsulotlari aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan. O.A. va A.E., lar gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinganlar.









