Bugun baʼzi bir “tadbirkor”lar yolğonçilikni özlariga kasb qilib olgan. Ularni deb qançadan-qança insonlar sarson-sargardon. Özbekiston Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş federatsiyasiga avtolizinglardan aziyat çekayotgan yurtdoşlarimiz murojaatlari şu kunlarda keskin oşib ketdi. Ayniqsa, “Umid avtolizing”MÇJdan “kuyib“ qolayotganlar fiğoni kökni tutmoqda.
Andijon viloyatida yaşovçi M.Temirov Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş federatsiyasiga murojaat qilar ekan, Farğona şahridagi “Umid savdo fayz invest” masʼuliyati çeklangan jamiyati bilan 2018 yilda şartnoma tuzib, DAMAS 3 DLX avtomaşinasini buyurtma qilganini biroq buyurtmasi unga yetib kelmaganligini maʼlum qilgan.
Şartnomaga binoan MÇJ hisob raqamiga 31 250 000 söm boşlanğiç tölov amalga oşirilgan. Maşinani oladigan fursat kelib, ötib ketsa hamki, avtoulovdan darak bölmagan.
Federatsiya tomonidan tuşuntirişlar olib borilgandan söng 40 kun içida avtomaşina uçun tölangan pul qaytarib berilişini zimmalariga olgan “Umid savdo fayz invest” MÇJ öz vaʼdasida turmadi.
Federatsiya mutasaddilari ham bu işni oxiriga yetkazmay qöyişmadi. Vaʼda berib bajarmaydiganlar avtomobil uçun tölangan boşlanğiç pul mablağini egasiga qaytarib berişga majbur böldi.
QONUNLAR KUÇGA KIRSA...
Olot tumani “Denov” MFY istiqomat qiluvçi Ötkir Azimov yaxşi niyat bilan Buxoro şahridagi “Umid avtolizing” MÇJga “Nexia-3” yevro 2-pozitsiya avtomaşinasi uçun şartnoma asosida pul tölaydi.
Naqd 38 000 000 (öttiz sakkiz million) sömni heç qanday eʼtirozlarsiz, öz vaqtida topşiradi va avtoulov kelişini kutadi. Buni qarangki, na avtomobildan darak bor, na şartnomadagi vaʼda berilgan şartlardan. Natijada isteʼmolçi Ötkir Azimov fuqarolik huquqlari poymol etilganini tuşunib yetadi hamda şartnomani bekor qiladi.
Biroq “Umid avtolizing” taşkiloti 38 000 000 (öttiz sakkiz million) söm pulni qaytarişni paysalga solib keladi.
Sabr kosasi tölgan xaridor tölagan barça pulini qaytarib olişda amaliy yordam sörab, Özbekiston isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi Işonç telefoni 1091 ga murojaat qiladi. Federatsiya mutaxassislari vaziyatni örganib çiqişdi.
Har ikki tomon bilan yaqindan muloqotda bölib, ularga “Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida” gi qonun haqida tuşuntiriş berildi.
Natijada Ötkir Azimov tomonidan tölangan 38 000 000 (öttiz sakkiz million) söm pul mablaği töliq qaytarildi.
“Umid avtolizing” MÇJ esa kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça qonun doirasida dalolatnoma tuzildi.
Buxorolik Şohiddin Ahmedov Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş Federatsiyasiga ariza yozib, özini ançadan buyon qiynayotgan muammo yuzasidan murojaat qildi. Unga köra Şohiddin Ahmedov Buxoro şahridagi “Umid avtolizing” korxonasiga “Neksiya 3”avtomobili uçun 2018 yil avgust oyida 34.750.000 söm naqd pul tölagan. Ammo hozirga qadar avtoulovni ololmaganidan norozi bölgan. Federatsiya bunday muammolarga yeçim topişga doim harakat qiladi. Uçar tadbirkordan isteʼmolçining 34.750.000 söm naqd puli olib berildi va uning qonuniy huquqlari tiklanişiga erişildi.
Buxoro şaharida “Umid avtolizing”ni yana bir qurboni Vobkent tumani Yangikent QFY Şirin qişloğida yaşovçi fuqaro I. Ramazonov Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga oğzaki murojaat qilgan bölib, uşbu murojaatda qayd etilişiça isteʼmolçi 2018 yil 6 avgust kuni “Umid savdo fayz invest” MÇJdan NEXIA-3 rusumli avtomaşinasi xarid qiliş uçun şartnoma tuzgan va isteʼmolçi şartnomada körsatilgan 34 750 000 sömni tölagan. Ammo avtomaşinani öz vaqtida yetkazilmaganidan norozi bölgan. Isteʼmolçining murojaati jamiyat xodimlari tomonidan örganilib, isteʼmolçi va tadbirkorning huquqlari tuşuntirildi hamda isteʼmolçining töliq 34 750 000 söm naqd puli qaytarib berildi.
Buxorodan yana şunday murojaat kelgan bölib, Ğijduvon tumanida yaşovçi Rizqiddin Saidov ham “Umid avtolizing” bilan “Cobalt” avtomaşinasi uçun şartnoma tuzib, tölov qilgan. Ammo şartnomada keltirilgan vaqtdan oylar ötib ketsa-da, maşinadan darak bölmagan. Federatsiya mutasaddilari aralaşuvi bilan isteʼmolçiga avtomaşina tez fursatda yetkazib berildi.
Kutilgan... ammo egasiga yetib kelmagan avtoulov
Bağdod tumani, Nurli yöl köçasi, 28-uyda yaşovçi M.Hoşimovning öz arizasida kuyunçaklik bilan yozgan şikoyati örganilganda u haq bölib çiqdi.
Arizada bayon qilinişiça, “Umid savdo fayz invest” masʼuliyati çeklangan jamiyati Farğona hududiy bölimi va M. Xoşimov örtasida tuzilgan 2018-yil 30 aprel kungi № Ğ-26-sonli avans tölovi töğrisidagi şartnomaga asosan, Chevrolet Nexia-3 avtomaşinasi buyurtma qilingan. M.Hoşimovga jamiyat hisob raqamiga 36 025 000 söm boşlanğiç tölovni amalga oşiriş qayd etilgan. Jamiyatga esa avtomaşinani belgilangan muddat davomida isteʼmolçiga yetkazib beriş majburiyati yuklatilgan.
Isteʼmolçi boşlanğiç tölovni amalga oşirgan bölsa-da, şartnomada körsatilgan muddatda Chevrolet Nexia-3 avtomaşinasi M.Hoşimovga yetkazib berilmagan. Oxir-oqibat avtomaşina yetkazib berilmaganligi uçun şartnomani bekor qilib, tölov qilingan summa qaytarilişini sörab MÇJga ariza bilan murojaat qilgan. Biroq şartnomada körsatilgan tölovning qaytariliş muddati ötsa ham tölangan mablağ qaytarilmadi.
Farğona şahar jamiyati tomonidan örganiş davomida “Umid savdo fayz invest” MÇJ Farğona hududiy filiali rahbariyatiga tegişli tuşuntirişlar berildi. M.Hoşimovning eʼtirozlari inobatga olinib, Chevrolet Nexia-3 avtomaşinasi uçun tölangan summa töliq qaytarib berildi.
Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati Kegayli tumani bölimiga tumandagi Aqtuba ovulida yaşovçi fuqaro Q.Yusupov murojaat qildi.
Murojaatda taʼkidlanişiça, isteʼmolçi 2018 yil 12 iyun kuni “Umidsavdo-fayzinvest” masʼuliyati çeklangan jamiyati bilan lizing asosida oq rangli NEXIA-3 avtomaşinasini sotib oliş uçun şartnoma tuzganligi va 2018 yil 12 iyun kuni 33 400 272 söm, şundan 18 826 272 sömini plastik kartadan, 14 574 000 söm naqd ötkazgani, pul tölaganiga 250 kun bölgan bölsa-da, na NEXIAdan va na puldan darak yöqligi qayt etilgan.
Uşbu murojaat yuzasidan jamiyat mutaxassislari örganiş işlarini olib bordi. Unga köra, haqiqatdan lizing taşkiloti şartnoma şartlarini bajarmagani aniqlandi. Vaholanki, şartnomada pul ötkazilgan kundan boşlab 120 iş kunida avtomobilni isteʼmolçiga topşirilişi körsatilgan.
Murojaat örganib çiqilgandan keyin 10 kun içida Q.Yusupov öz xohişiga köra, pulini töliq qaytarib oldi.
8 OYLIK UMIDLAR VA KUTIŞLAR...
Xizmat körsatuvçi tomonidan şartnoma şartlariga amal qilinmaganligi sababli oldindan amalga oşirilgan 34 million 710 ming söm mablağ isteʼmolçi foydasiga undirildi.
Qarşi şahar isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga Koson tumani Ravot mahallasida yaşovçi fuqaro Hasan Samadov ariza bilan murojaat qilib, Qarşi şahrida joylaşgan “Umid savdo fayz invest” MÇJ xizmatlaridan noroziligini bildirgan.
Arizada bayon qilinişiça, fuqaro H.Samadov “Nexia-3” rusumli avtomaşinani uzoq muddatli lizing asosida sotib oliş uçun “Umid savdo fayz invest” MÇJ bilan 2018 yil 6 fevral kuni K-49-sonli şartnoma imzolagan. Şartnoma şartlariga köra, u lizing xizmati körsatuvçiga 34 million 710 ming söm tölovni oldindan amalga oşirişi, xizmat körsatuvçi esa 120 kun muddatda avtomaşinani yetkazib berişi lozim edi. Biroq H.Samadov tomonidan tölovlar öz muddatida amalga oşirilgan bölsa-da, lizing xizmati körsatuvçi taşkilot transport vositasini yetkazib bermagan. Bu hol joriy yilning 14 sentyabriga qadar davom etgaç, fuqaro H.Samadov ariza bilan murojaat qilişga majbur bölgan.
Mazkur murojaat tegişli tartibda örganilib, “Umid savdo fayz invest” MÇJ va fuqaro örtasida tuzilgan lizing şartnomasi isteʼmolçining taşabbusiga köra bir tomonlama bekor qilindi va avtomaşinani sotib oliş uçun tölangan pul isteʼmolçi foydasiga undirib berildi.
Bunday murojaatlarni qator –qator keltiriş mumkin. Surxondaryo viloyatidan kelib tuşgan arizada Raşid Şeraliyev “Lada Vesta” avtomaşinasi uçun 56 mln. 300 ming söm tölov qilganini, biroq bugunga qadar maşinasi unga yetib kelmaganidan norozi bölgan. Yana bir surxondaryolik Gulnora Javliyeva ikkita “Damas” avtomaşinasi uçun 67 million söm tölov qilgan. Bu isteʼmolçi ham ança sarson bölib yurgandan söng, Federatsiya xodimlarining saʼy harakati bilan 33 million söm mablağini qaytarib olgan. Qolgan 33, 5 million sömni hanuzgaça olişga qiynalişmoqda.
Keltirilgan murojaatlarni örgana turib, öylab qolasan kişi yurtimizning turli burçaklarida öz bölimlarini oçgan “Umid avtolizing” MÇJ nahotki, mehnatkaş, sodda, maşina oliş uçun peşona teri bilan mehnat qilib pul topadigan xalqimizni aldaşni maqsad qilişgan bölsa? Zotan “Umid avtolizing” MÇJ xodimlari, rahbari “Qinğir işning qiyiği qirq yilda ham çiqadi” naqlini unutmasa bölgani. Xalqni norozi qilib topilgan daromad esa heç kimga buyurmaydi!
Gulnoza Şarafova,
Özbekiston Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş federatsiyasi
yetakçi mutaxassisi
Umidlarni söndirgan “Umid avtolizing” kirdikorlari...









