Farğonada YPX inspektorining qonuniy talabini bajarmasdan bezorilik qilgan haydovçiga 12 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi, deb xabar beradi ÖzA.
8 yanvar kuni soat taxminan 11:15 larda Marğilon şahar Mustaqillik köçasida xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPX bataloni YPX birinçi otryadi uçinçi safarbar guruhi YPX inspektori safdor A.Kenjayev svetaforning qizil çiroğida harakatlanib kelayotgan Spark rusumli avtomobilni töxtatgan.
Haydovçi safdorning qonuniy talabiga böysunmay harakatni davom ettirgan. Şundan söng safdor A.Kenjayev radioaloqa vositasi orqali Marğilon şahar markazida xizmat olib borayotgan YPX inspektoriga mazkur avtomobil töxtamay harakatlanib borayotganligi haqida xabar bergan.
Safdor N.Kamolov şahar markazida Spark rusumli avtomobil haydovçisiga jezel yordamida töxtaş işorasini bergan vaqtida haydovçi safdor N.Kamolovning qonuniy talabiga böysunmay harakatni davom ettiradi. Natijada safdor avtomobilning old qismiga çiqib qoladi va haydovçi şu holatda Marğilon şahar Oqmasjid çorrahasiga qadar harakatlanib boradi. Uşbu çorrahadagi svetafor oldida safdor N.Kamolovning Spark avtomobilidan tuşib qoladi. Haydovçi esa harakatni davom ettirib, Maşad köçasidagi 7-umumtaʼlim maktabi oldidagi elektr simyoğoçga urilib, avtomobilni töxtatadi.
Holat böyiça suriştiruv işlari olib borilganda Spark rusumli avtomobil haydovçisi M.M.da haydovçilik guvohnomasi va işonçnomasi mavjud emasligi sababli YPX inspektorining qonuniy talabiga böysunmaganligi aniqlangan. Töplangan hujjatlar Marğilon şahar maʼmuriy sudiga taqdim qilingan va avtomaşina haydovçisi M.M.ga Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183- va 194-moddalariga («Mayda bezorilik», «Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik») asosan 12 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.









