Samarqandda voyaga yetmagan qizning estrada xonandasi va uning döstlari tomonidan zörlangani aytilayotgan holat böyiça jinoyat işi qözğatildi. Tergovni Samarqand viloyat IIB Tergov boşqarmasi olib bormoqda. Avvalroq uşbu gumonlanuvçi şaxs maşhur estrada xonandasi Jasur Umirov ekani maʼlum bölgan edi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda litseyning birinçi kursini endigina tamomlagan samarqandlik qizning nomusiga tegilgan bölişi mumkinligi haqida jurnalist suriştiruvi eʼlon qilingandi. Kattaqörğon tuman IIB mazkur holatda jinoyat alomatlari bölmagan, deb topib, jinoyat işi qözğatişni rad etgan edi.
Internetda maqola eʼlon qilingaç, Samarqand viloyat prokuraturasi Kattaqörğon tuman IIB Tergov bölimining jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqidagi qarorini bekor qilib, işni qöşimça örganiş uçun qaytargandi.
Qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari natijasiga köra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Buni jabrlanuvçining yaqinlari va Içki işlar idoralardagi manbasi tasdiqladi. Dastlabki tergov harakatlarini Samarqand viloyat IIB Tergov boşqarmasi olib borayotgani aytilmoqda.
“Vaziyatni prokuratura nazoratga olgaç, Kattaqörğon tumaniga borib, hodisa sodir bölgan uy IIB vakillari hamrohligida örganildi. 10 oktyabr kuni jinoyat işi qözğatildi. Şundan söng tergovga çaqirişdi. Tergovga J.U. ham çaqirilgandi, ammo öşa voqea sodir bölgan kunda xonandaning yonida turgan ikki şerigi keldi, xolos. Istardikki, bu safar tergov bir tomonlama bölib qolmaydi, xolislik taʼminlanadi”, degan qizning otasi.
Maʼlumot uçun, jinoyat kodeksining 118-moddasiga köra, nomusga tegiş, yaʼni zörlik işlatib, qörqitib yoki jabrlanuvçining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qiliş, sodir etilgan jinoyatning oğirlik darajasiga qarab 3 yildan 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.









