JURNALISTLAR VA BLOGERLAR UÇUN NAMANGAN TUMANIDA MEDIA-TUR UYUŞTIRILDI

JURNALISTLAR VA BLOGERLAR UÇUN NAMANGAN TUMANIDA MEDIA-TUR UYUŞTIRILDI

Dam oliş kunlari viloyatimizning bir guruh jurnalist va blogerlari uçun Namangan tumani paxta dalalari va «oq oltin»ni qabul qiliş, qayta işlaş, tozalaş korxonalariga media-tur uyuştirildi.
Ijodkorlar dastlab tumanning Olahamak qişloğidagi «Abduqodir Şahriyor niholi» namunali fermer xöjaligiga borişdi. Xöjalikning paxta maydoni 30 gektardan iborat, joriy mavsumda 97,7 tonna hosil olindi va reja 100,5 foizga bajarildi. Bunda xöjalikda joriy etilgan tomçilatib suğoriş tizimi muhim omil böldi.

Jurnalist va blogerlar tergan paxtalarini tarozida torttirişgaç, «Toşbuloq teks» MÇJga qaraşli paxta zavodiga yöl olişdi. Mazkur korxona 2019 yili işga tuşirilgan, yillik quvvati 40 ming tonna paxtani qayta işlaş imkonini beradi. Zavodda 100 nafar işçi-xodim mehnat qiladi. Ular tomonidan 2019 yil paxta hosili 6 oyda qayta işlab tugatildi.

Işi oşib-toşib yotgan Namangan tumani hokimi Sadriddin Möminov kuni bilan OAV vakillari va ijtimoiy tarmoqlar faollariga hamrohlik qildi, savollarimizga erinmay, tahliliy javob berdi.
Media-tur Mirişkordagi namunali dala şiyponida «bir piyola çoy» atrofida yakuniga yetdi. Unda Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Şavkat Abdurazzoqov ham qatnaşib, terimçi ijodkorlarga sovğalar topşirdi. Samimiy muloqot va qizğin keçgan tadbirlar qatnaşçilarga ilhom, ğayrat-şijoat baxş etdi.

— OAV vakillari bugun dalalarimizda keçayotgan jarayonlarni idora yoki kabinetlarda emas, bevosita hududning özida közdan keçirayotganlari, özlari iştirok etişga bel boğlagani tahsinga loyiq. Viloyatimiz davlatga paxta sotiş şartnomaviy rejasini bajariş arafasida turibdi. Yana qisqa muddatlardan söng bu marrani ham zabt etamiz. Namangan viloyati paxtakorlari erişgan mehnat ğalabasini ham albatta birinçilardan bölib sizlar hamyurtlarimizga yetkazasiz, — dedi viloyat hokimi.

Orifjon JÖRAYEV,
«Yangi Özbekiston» muxbiri.

×