Teledebatlar taʼsiridami va ijtimoiy tarmoqlardagi keskin bahs-munozaralar sababmi, saylov haqida turli gap-sözlar qaynayapti. Ayni kunlarda qayerga kirmang, saylov mavzusi. Mazkur holat albatta, yaxşi. Fuqarolarning siyosiy xabardorligi, şaxsiy pozitsiyasi ança ösgan. Lekin «Saylovga çiqmaymiz! Bizga deputatlar nima qilib berardi?» degan iddaolar ham quloqqa çalinib qolyapti. Faqat Namanganda emas, boşqa viloyatlarda ham kuzatilmoqda. Bu ham yetmaganday, baʼzilar özining tor fikrini özgalarga ham yuqtiryapti, ongini buzyapti.
Oşxona, sartaroşxona, çevarxona, savdo dökonlari, taʼlim va tibbiyot muassasalari, jamoat transporti, odamlar gavjum joylarda siyosiy jarayonlar qizğin muhokamada.
Balki avvalgi saylovlardan muvaffaqiyatli ötgan deputatlar faoliyatidan qoniqmagandirmiz. Biroq saylanadigan yangi noiblar xotirjam yurişolmaydi va bunga saylovçilarning özi ham yöl qöymaydi. Endi deputatlar vijdonan, masʼuliyat bilan işlaşga majbur, xalq qatʼiy talab qiladi. Şuning uçun 5 ta siyosiy partiyalardan körsatilgan nomzodlarni yaxşilab örganing, öylab qaror çiqaring.
Mana, nihoyat, kutilgan sana ham ostonada turibdi. 2 kundan keyin kelajagimiz uçun har birimiz öz ovozimizni beramiz. Hammamizning xonadonlarimizga saylov taklifnomasi kirib borgan bölsa kerak. Ha, inson uçun saylaş va saylaniş ulkan baxt hamda Konstitutsiyaviy huquqdir! Dunyoda bu huquqdan mosuvolar qança. Şunday ekan, şukronalik va faol fuqarolik hissi bilan OVOZ BERIŞGA şay turaylik!
Hatto ovoz beriş huquqiga ega emaslar bor. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan; oğir va öta oğir jinoyatlar sodir etganligi uçun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan şaxslar qatorida emasligingiz va uyingizga saylovga çaqiruv qoğozi yetkazilgani uçun xursand bölişingiz darkor.
Xullas, respublikamiz miqyosidagi saylovlarga bepisand va befarq bölmaylik. Çet ellik mehmonlar bizning siyosiy madaniyatimizdan, iştirokimizdan ibrat olişsin. Unutmang, sizning ovozingiz, byulletenga qoldirgan belgingiz köp narsani hal etadi. Rivojlanişga yuz tutgan yurtning qadrli fuqarosi ekansiz, munosabatingizni ham çiroyli bildiriş vaqti keldi. Zero, bu mamlakat hayotidagi muhim siyosiy kampaniyadir.
Keling, bir mulohaza yuritaylik. Deylik, qişloqda hurmat qilib sizni töyga taklif etiş uçun xat taşlab ketişdi, nima qilasiz, albatta borasizda, töğrimi? Axir xalqimizda «Çaqirilgan joydan qolma!» degan gap bor. Demak, 22 dekabr, yakşanba - dam oliş kuni ertalab soat 8.00 dan 20.00 gaça özingizga qulay vaqtda saylov uçastkasiga borişingiz uçun davlatimiz bayramona taraddud körmoqda. Şu kuni Özbekistonning katta siyosiy tadbiri, elga kelgan töy ekanligini yodda tuting! Qani, marhamat, siz uçun maxsus yozilgan saylov taklifnomasini va pasportingizni röparangizga hozirlab qöying!..
Orifjon JÖRAYEV.









