Özbekistonda 59 429 nafar bemor soğayib, davolaniş körsatkiçi 95 foizga yetdi

Özbekistonda 59 429 nafar bemor soğayib, davolaniş körsatkiçi 95 foizga yetdi

Bugun, 15 oktyabr kuni Özbekistonda 316 holatda koronavirus infektsiyasi qayd etildi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Şu bilan birga, 4 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etib, jami körsatkiç 518 nafarga yetdi.

Kun davomida Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Toşkent, Sirdaryo, Namangan, Farğona, Qaşqadaryo, Andijon, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 334 nafar bemor tuzaldi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 62371 nafar bemordan 59 429 nafari soğayib, davolaniş körsatkiçi 95 foizni taşkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 424 nafar bemordan 316 nafari oğir, 99 nafari esa öta oğir ahvolda.

×