Maşinalarning yölini tösib, raqs tuşgan "özbekistonlik Van Damm"ga qanday çora körildi?

Maşinalarning yölini tösib, raqs tuşgan "özbekistonlik Van Damm"ga qanday çora körildi?

Telegramm ijtimoiy tarmoğining “MILITSIYA UZB” nomli kanalida joriy yilning 6 fevral kuni “Özbekistonlik Van Damm yaqinda uzr sörab çiqsa kerak” sarlavhasi ostida tarqalgan videotasvirga munosabat...

Joriy yilning 2 fevral kuni soat 23:10larda Uçtepa tumanida yaşovçi fuqaro F.M. “Spark” rusumli transport vositasida Çilonzor tumani, TXAY-Bunyodkor köçasi, Çilonzor metrosi çorrahasiga harakatlanib kelgan va tanişlari orasida öziga eʼtiborni tortiş maqsadida transport vositalari serqatnov ekanligini bila turib, avtomobillar svetoforining qizil çiroği yongan vaqtda yölga yugurib çiqqan va yöl örtasida turli jamoat tartibini buzuvçi xatti-harakatlar sodir etgan. 
Jamoat joyida yuriş-turiş qoidalarini buzgan fuqaro F.M. Toşkent şahar IIBB YHXB YPXB 3-batalʼon xodimlari tomonidan aniqlanib unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 183-moddasi köra bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Hurmatli harakat iştirokçilari yöllarda harakatlanganda yöl harakati qoidalariga rioya qilib, harakatlaniş madaniyatiga amal qilişinizni sörab qolamiz.

×