Apple navbatdan taşqari taqdimot ötkazadi. Unda iPhone 12 ham böladimi?

Apple navbatdan taşqari taqdimot ötkazadi. Unda iPhone 12 ham böladimi?

Apple kompaniyasi yangi mahsulotlarining navbatdan taşqari taqdimoti sanasini eʼlon qildi. Maʼlum bölişiça, mahsulotlar orasida iPhone 12 ham böladi. Bu haqda kompaniya veb-saytida xabar berilgan.

Taʼkidlanganidek, taqdimot 13 oktyabr kuni ötkaziladi. Sentyabr oyida bölib ötgan taqdimot köpçilikning xafsalasini pir qilgandi. Unda faqatgina yangi Apple Watch soatlari va iPad planşetlari taqdim etilgandi.

Navbatdan taşqari taqdimotda aynan nimalar namoyiş etilişi hozirça nomaʼlum. 

Tadbirda namoyiş etilişi mumkin bölgan gadjetlar taxmin qilindi. Kutilayotgan gadjetlarga AirTag qidiruv yorliği, AirPods Studio quloqçinlari, Apple TV 2020 televizorga ulovçi vositasi va ilk protsessorli MacBook kiradi. Şuningdek, iPhone oilasi ham yana bittaga ortişi kutilmoqda. 

Eslatib ötamiz, joriy yilning 15 sentyabrida özining anʼanaviy taqdimotini ötkazgan Apple ilk bor yangi iPhone modellarini sentyabrda ommaga taqdim etmagandi.

×