Bir fuqaroning COVID-19dan vafot etişiga sababçi bölişda va 250,8 mln. söm byudjet mablağlari rastrata yöli bilan talon-taroj qilinişida ayblanayotgan Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasining boş şifokori — viloyat boş infektsionisti Guljahon Yöldoşevaga nisbatan qöllanilgan ehtiyot çorasi özgartirildi. Ayol uy qamoğiga ötkazildi. Bu haqda Toşkent viloyati prokuraturasi maʼlum qilmoqda. Unga köra, mazkur jinoyat işi Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan tegişli tartibda örganib çiqilib, ayblanuvçi G.Yöldoşeva ayol ekanligi, şuningdek, olti nafar voyaga yetmagan farzand onasi ekanligi inobatga olinib, Boş prokurorning taşabbusi bilan unga nisbatan qöllanilgan qamoq ehtiyot çorasi uy qamoği ehtiyot çorasiga özgartiriş yuzasidan Çirçiq şahar prokurori tomonidan sudga tegişli iltimosnoma yuborildi va sud tomonidan prokuror iltimosnomasi kanoatlantirildi.
Şuningdek, Toşkent viloyati prokuraturasi bayonotida alohida taʼkid etiladiki, ehtiyot çorasi özgartirilgani G.Yöldoşevadan barça ayblovlar olib taşlandi degani emas.
Hozirda mazkur jinoyat işi böyiça Çirçiq şahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Natijasi böyiça tegişli ayblov xulosasi bilan jinoyat işi sud muhokamasiga yuboriladi hamda mazkur jinoyat işi yuzasidan yakuniy töxtam sud tomonidan belgilanadi.









