Xonanda Lola Yöldoşeva Özbekiston Madaniyat vaziri va bir vaqtning özida taniqli xonanda Ozodbek Nazarbekovning vazirlik xodimlari tomonidan majburiy döppi kiyiş ğoyasini tanqid qilgan.
“Boş kiyimlari masalasi nima böldi? Özbekiston Madaniyat vazirligi qanday qaraşini bilmadimu, döppi yuvilmagan boş, turmaklanmagan soç, soçga oq tuşgani yoki boşning kal joyini yaxşi yaşiradi. 2021 yilning moda tendentsiyalari meni hayratga qoldiradi”, - kinoya bilan taʼkidlagan xonanda özining Instagramm-akkauntida.
Umuman olganda, Madaniyat vazirining taşabbusi köplab tanqidlarga sabab bölgan. U öz ğoyasidan voz keçganmi yoki qatʼiyatlilik bilan taşabbusini joriy qilişni davom etayotgani hozirça nomaʼlum.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari vazirning taklifini noadekvat deb atab, Nazarbekovga folgadan yasalgan boş kiyim taqişni tavsiya qilişgan. Ularning fikriça, bu orqali madaniyatni rivojlantiriş uçun aqlli fikrlar kelişi mumkin.
Köpçilik bu gaplardan söng Madaniyat vazirligini yopsa ham böladi, deb yozişgan, zero öz sözlari orqali Nazarbekov butun tuzilmaning kompetentlik darajasi qay ahvolda ekanligi körsatib qöydi.









