Özbekistonda mehnat migrantlariga 10 million sömgaça mikroqarzlar beriladi.
Çet davlatlarida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun ketayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolariga 10 million sömgaça mikroqarzlar beriladi. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Namangan viloyati mintaqaviy filiali boşliği Jakpar Ataxajayev maʼlum qildi.
"Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida" prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy etiladi", - deydi Ataxajayev.
Taʼkidlanişiça, 2021 yil 1 yanvardan boşlab:
"Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimi"ga kiritilgan kam taʼminlangan oila aʼzosi taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasi yöli bilan vaqtinçalik işlaş uçun xorijga çiqayotganda ularga mikroqarzlar beriş tartibi joriy qilinadi;
mikroqarzlar xorijda işga joylaşiş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş uçun 10 million sömgaça miqdorda 1 yil muddatga beriladi;
mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oşadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan köp bölmagan qismi kompensatsiya qilinadi.
Bungaça davrda mehnat migrantlariga xorijda işga joylaşiş xarajatlarini qoplaş uçun bir yil muddatga 2 million söm miqdorida mikroqarzlar taqdim etilgan.
Bunda mikroqarzlarni rasmiylaştiriş jarayoni bir bank kunida amalga oşirilib, buning uçun pasport, ariza kabi minimal hujjatlar talab qilinadi.
Agentlikning Namangan viloyati mintaqaviy filiali tomonidan joriy yilning 1-çoragi mobaynida Rossiya Federatsiyasi va Qozoğiston Respublikasiga vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun ketayotgan 330 nafar fuqarolarga avia, 169 nafar fuqarolarga temir yöl çiptalari imtiyozli sotilişi taʼminlandi. Migrantlar tomonidan sotib olingan çiptalar qatorida ularga çet davlatdagi mehnat, migratsiya qonunçiligi yuzasidan tuşuntirişlar berilib, “Özagrosuğurta” AJ tomonidan migrantlarning barçasiga bepul hayot va soğligini suğurtalaş polislari, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 13 nafariga 26 mln.söm mikroqarzlar rasmiylaştirib berilgan.









