"Telegram"da global nosozlik. Messenjer Özbekistondan taşqari yana qaysi davlatlarda işlamay qoldi?

"Telegram"da global nosozlik. Messenjer Özbekistondan taşqari yana qaysi davlatlarda işlamay qoldi?

Telegram faoliyatida butun dunyo böyiça nosozlik yuz berdi. Buni "Downdetector" servisi maʼlumotlari tasdiqlamoqda.

Maʼlumotlarga köra, messenjerning işlaşidagi uzilişlar ayniqsa, Rossiya, Belarus va Ukrainada kuzatilgan. Şuningdek, Telegram Özbekiston, Qozoğiston, Malayziya va Yevropa mamlakatlarida ham işlamay qolgan.

Foydalanuvçilarning 76 foizi ilovaga ulanişda muammoga duç kelgan bölsa, 23 foizi xabar yuborişga qiynalgan.

Taʼkidlanişiça, bu sönggi tört kun içida messenjerda kuzatilgan ikkinçi uziliş hisoblanadi. 21 sentyabr kuni Moskva, Sankt-Peterburg va Nijniy Novgorod foydalanuvçilari ham Telegram işidagi uziliş haqida xabar bergan.

Telegram özining "Twitter"dagi sahifasi orqali nosozlik bartaraf etilganini maʼlum qildi. «Şarqiy Yevropadagi ayrim foydalanuvçilarimiz sönggi 45 daqiqada ulaniş borasida muammoga duç kelgan bölişi mumkin. Endi hammasi joyida, noqulaylik uçun uzr söraymiz», — deyiladi xabarda.

×