Namanganda yuk avtomaşinasining tormozi işlamay qolişi oqibatida mudhiş YTH sodir böldi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar qildi.
Bugun, 4 iyun kuni soat 05:00 larda Namangan viloyatining Pop tumanida ketayotgan “Sams” yuk avtomaşinasining tormozi işlamay qolgan. Natijada yuk avtomaşinasi yöl çetidagi ikkita “Isuzu” yuk avtomaşinasiga borib urilgan. Şundan söng “Sams” yuk avtomaşinasi kabinasida yonğin sodir bölgan. Oqibatda “Sams” va "Isuzu" yuk avtomaşinasining haydovçilari voqea joyida halok bölgan. Yana bir avtomaşina haydovçisi esa şifoxonada vafot etgan.
Hozirda uşbu holat böyiça jinoiy iş qözğatilgan.














