Zör! Namanganda 7 nafar bemor koronauvirusni yengdi

Köp bor taʼkidlaganimizdek, yurtimiz böylab koronavirus infektsiyasiga çalingan bemorlarni samarali davolaş borasida minglab tibbiyot xodimlari matonat bilan mehnat qilişmoqda. Ularning saʼy-harakati bilan bemorlarning butunlay soğayişiga erişilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida bugun koronavirus infektsiyasiga çalingan yana 7 nafar bemor butunlay soğaydi.

Tuzalganlarning barçasi Namangan şahridan bölib, bir  nafari Turkiyadan Namanganga kelgan. Qolganlar  esa koronavirus infektsiyasiga çalinganlar bilan muloqotda bölib, kasallikni yuqtirib olişgan. Bemorlarning 3 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoşi kattasi 62 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 25 yoşda. Samarali davolaş muolajalaridan keyin, sönggi tekşiruvlar ularning xastalikni töliq yengib ötganligini körsatdi. Viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidan şu paytga qadar 15 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 22 nafarga yetdi.

Darddan foriğ bölayotgan insonlar quvonçi koronavirus pandemiyasi bilan kuraşayotganlarga kuç-ğayrat bağişlamoqda. Bu kabi xuşxabarlar esa dunyoni tahlikaga solayotgan koronavirus infektsiyasi bilan samarali kuraşiş mumkinligi, hatto, ğolib böliş imkoni borligini körsatmoqda. Bunda hal qiluvçi zarbani beriş, şubhasiz, tibbiyot xodimlarining zimmasida. Qahramon şifokorlarimiz esa uşbu vazifani şaraf bilan bajarişayotganiga guvoh bölib turibmiz.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz böylab koronavirus infektsiyasidan butunlay soğaygan bemorlar soni 153 nafarni taşkil etmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi
 Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

×