Grippga qarşi emlanganlar pnevmoniyadan ham himoyalanadimi?

Grippga qarşi emlanganlar pnevmoniyadan ham himoyalanadimi?

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi boş mutaxassisi Dilorom Tursunova bilan suhbat uyuştirildi.

— Aytişlariça, grippga qarşi vaktsina pnevmoniyadan ham himoya qilarkan...

— Gripp öz vaqtida samarali davolanmasa, organizmda asoratlar qoldirişi mumkin. Pnevmoniya — grippning eng kuçli salbiy taʼsirlaridan biri hisoblanadi. Grippga qarşi emlanganlar bevosita pnevmoniyadan ham himoyalangan böladi.

Vaktsina olganlar grippga 100 foiz çalinmaydi, deb heç kim kafolat bermaydi. Ammo grippga qarşi vaktsina yöriqnomasida 98 foiz himoya qilişi körsatilgan.

— Grippga qarşi vaktsinani qayerdan oliş mumkin va qayerda işlab çiqarilgan vaktsinalarni tanlagan maʼqul?

— Aholimiz yurtimizdagi mavjud vaktsinalarning sifatiga şubha qilmasa ham böladi. Negaki, çetdan olib kirilayotgan har bir vaktsina sifati va samaradorligi  Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli muassasasi tomonidan tekşirilib, amaliyotga joriy qilişga ruxsat beriladi. Maxsus taşkil qilingan emlaş markazlariga borgan holatda emlaniş mumkin.

Yurtimizga turli davlatlarda işlab çiqilgan vaktsinalar olib kelinadi. Samaradorligi eng yuqori bölgan vaktsinalar Niderlandiya, Germaniya, Xitoy, Hindiston, Rossiya Federatsiyasi tomonidan işlab çiqariladi. Vaktsina qabul qilayotganda har bir fuqaro öz xohişiga köra turli davlatda işlab çiqilgan vaktsinadan birini tanlaydi.

— Vaktsinadan keyin qança vaqtda organizmda grippga qarşi immunitet paydo böladi?

— Hamma vaktsinalar kabi mavsumiy grippga qarşi vaktsina ham organizmda 15 kun içida mikroblarga qarşi immunitet işlab çiqadi. Taʼsir kuçi 1 yilga yetadi. Emlaşdan oldin şifokor tomonidan albatta emlanuvçi şaxsning umumiy salomatligi tekşirilib, şunga köra vaktsinasiya qiliş-qilmaslik belgilanadi. Yaʼni, emlanadigan kişi şamollaş, nafas oliş yöllari yalliğlanişi kabi kasalliklardan tamoman soğlom bölişi kerak. Şuningdek, vaktsina tarkibidagi komponentlarga nisbatan allergik taʼsirçanlik darajasi ham tekşiriladi.

×