21 iyul, yakşanba kuni Singapurda bölib ötgan futbol böyiça Xalqaro Çempionlar Kubogi doirasidagi «Yuventus»—«Tottenhem» uçraşuvida «byankonerlar» zaxira örindiğida qozoğistonlik yoş muxlis paydo böldi. Bu haqda AZR Organization’ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Foto: Twitter/@AzrOrganization
Bolakay öyin vaqtida «keksa sinora» hujumçisi Kriştianu Ronaldu oldiga yugurib bordi va u bilan suratga tuşişga muvaffaq böldi. Ronaldu uni qolgan futbolçilar bilan birgalikda «Yuventus» zaxira örindiğida öyinni tomoşa qilişga taklif etdi.
Eslatib ötamiz, mazkur bellaşuvda Turin klubi «Tottenhem»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qöydi. Ronaldu 60-daqiqada gol urdi, biroq köp ötmay zaxiraga olindi. Uning örniga Mateus Pereyra öyinni davom ettirdi.
«Şporlar»ning ğalaba goliga hujumçi Harri Keyn 90-daqiqada mualliflik qildi.









