Eri majburlab pampers yedirgan ayolga uy beriladigan böldi

Bu haqda Samarqand viloyati matbuot uyida tahdid va zöravonlikka uçragan xotin-qizlarni himoya qiliş, tazyiqqa duç kelgan ayollarga yordam körsatiş böyiça olib borilayotgan işlarga bağişlab ötkazilgan brifingda Samarqand viloyati mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Sayyora Jumayeva maʼlum qildi.

– Samarqand şahrida yaşovçi bu qizimiz va uning farzandlari viloyat hokimligi va boşqarmamiz himoyasiga olinib, unga zarur tibbiy-ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy yordam körsatilmoqda, – deydi S.Jumayeva. – Oiladagi vaziyatni örgandik, Mustahkam fikrlarini eşitdik, u bilan deyarli har kuni suhbatlaşyapmiz. Hozirda bu oilani saqlab qoliş yoki ularni yaraştiriş haqida öylaganimiz yöq. Çunki, mavjud vaziyat bunga imkon bermaydi. 
Aksinça, viloyat hokimligi unga ikki xonali uy ajratmoqçi. Salomatligi yaxşilanganidan keyin Mustahkamni iş bilan taʼminlaş çorasini köramiz. Umuman, bu qizimizni endi heç kimga xafa qildirib qöymaymiz. Kuni keça Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari G.Maʼrufova ham uning holidan xabar olib, suhbatlaşdi. Mustahkam himoyaga olinib, unga qanday yoram zarur bölsa, körsatilişi maʼlum qilindi. 
Mazkur holat biz uçun katta saboq böldi. Çunki, Mustahkam yaşayotgan oila mahalladagi tinç oilalardan biri deb qaralgan, notinç oilalar röyxatiga kiritilmagan. Vaholanki, bu oila içida bölayotgan gap-sözlar, er-xotinning uzoq davom etib kelayotgan kelişmovçiligi va ayolga nisbatan zöravonlikka mahalla öz vaqtida munosabat bildirişi kerak edi. Mahalla faqat notinç oilalar bilan emas, tinç deb qaralgan, aslida muammolar içida qolgan oilalar bilan ham işlaşi kerakligini angladik.

photo_2020-09-10_19-09-57.jpg
photo_2020-09-10_19-10-01.jpg

Brifingda Samarqand şahar IIB tergov bölimi boşliği Damir Sultonov ham mazkur holat yuzasidan maʼlumot berib, xotiniga nisbatan zöravonlik qilgan Ş.Karimovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganini bildirdi.

– 22 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan uşbu holatdan bugun köpçilik yaxşi xabardor. Xotiniga nisbatan şafqatsiz munosabatda bölgan Ş.Karimov 24 avgust kuni uşlanib, sud qarori bilan tegişli tartibda qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan, – dedi D.Sultonov. – Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda bu şaxs qamoqdan qöyib yuborilibdi, er-xotinni yaraştiriş çorasi körilyapti ekan, degan gap sözlar tarqalmoqda. Ammo bu gaplar asossiz. Ş.Karimovga nisbatan qöllanilgan qamoq ehtiyot çorasi özgartirilmagan. Jinoyat-protsesual kodeksi talablariga köra, uşbu jinoyat işini yaraştiriş bilan tugatiş imkonsiz. 
Bundan taşqari, jinoyat işi qözğatişga asos bölgan Jinoyat kodeksi moddalari böyiça ham turli fikrlar bildirilmoqda. Bu fikrlarga javoban şuni aytmoqçimanki, biz jinoyat işini dastlabki töplangan tergovoldi hujjatlariga asosan 105-modda bilan qözğatganmiz. Hozirda jabrlanuvçi va gumon qilinuvçini, guvohlarni söroq qilyapmiz. 
Ekspertiza xulosalari olingan. Barça körsatma va vajlar tekşirilmoqda. Iş böyiça aniqlangan holatlarning heç biri eʼtibordan çetda qolmaydi va bu jinoyat işiga qöşib boriladi. Ayni paytda iş tergov jarayonida bölgani, tergov siri degan tuşunçalar borligi sababli barça holatlarni oşkor eta olmaymiz.

×