2020 yilning 5 sentyabr kuni soat 23:30da, IIB va Milliy gvardiya xodimlari özlariga biriktirilgan Toşkent viloyati Çirçiq şahri Özbekiston köçasida tungi xizmatni olib borayotgan vaqtlarida, mazkur hududdagi “Bolalar va ösmirlar sport maktabi” binosidan öziga xos hid taralayotganligini bilib, tekşiriş maqsadida bino xonasiga kirişgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, xonada maktabning qorovuli bölib işlovçi 38 yoşli T.B. va 29 yoşli D.O. elektr plitasi yordamida oşxona qozonida öziga xos modda qovurayotganliklari aniqlanib, bu haqda şahar IIBga xabar berilgan.
Mazkur xabar asosida tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyini közdan keçiriş davomida, xonada bölgan televizor korobkasi va yoğoç fanera ustidagi yoyib qöyilgan yaşil rangdagi, öziga xos hidli modda, 4 dona gugurt qutisi va 2 dona 0.5 litr hajmdagi bankalarda quritilgan modda hamda çekiş uçun maxsus moslama aniqlanib, aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.
Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga qöra, T.B.dan olingan ösimlik tup gullari va barglaridan taşkil topgan, höl holdagi tarkibida faol giyohvand modda, tetrogidrokannabinol mavjud bölgan ösimlik bölib, bu modda “marixuana” deb atalişi va ularning sof oğirligi jami 5.7 kg.ni taşkil qilişi aniqlangan.


Bundan taşqari, hodisa joyidan olingan ikki dona baklajka, 1 dona şişa idiş va qopqoq (angişvona)da faol giyohvand modda, tetrogidrokannabinol yuqlari mavjudligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Çirçiq şahri IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Tergov harakatlari davomida aniqlanişiça majmua qorovuli T.B. uşbu kuni giyohvandlik vositasini isteʼmol qiliş uçun özining tanişi D.O.ni sport maktabi hududiga çaqirganligi aniqlangan.
Hozirda T.B. jinoyat işida gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, protsessual tartibda uşlangan. Tergov jarayonida har ikkala fuqaroning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilişi taʼminlanadi.









