“Keksalar haftaligi” munosabati bilan Samarqand viloyatida keksa avlod vakillari ishtirokida marafon tashkil etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlaridan kelgan faxriylar Registon maydoni yaqinida to‘planib, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘ydi. Shundan so‘ng faxriylar Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab 5000 qadam yurish marafonida qatnashdi. Marafondan so‘ng viloyat nuroniylari bir piyola choy ustida suhbat qurdilar.
Avvalroq, Vazirlar Mahkamasi 27-sentyabrda qabul qilgan qaroriga ko‘ra, shu yildan boshlab har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi.

Foto: “O‘zA”

Foto: “O‘zA”

Foto: “O‘zA”

Foto: “O‘zA”
Тасодифий хабарлар
2023 йилдан Ўзбекистон фуқароларига 2 тадан зиёд фарзанд кўришга чеклов ўрнатилаётгани ҳақида хабар тарқалди
“COVID-19га қарши ягона усул - бу вакцина. Аммо...”
Эксперт долларнинг қулашини башорат қилди: бунақаси яқин ўн йилликда бўлмаган
Ҳаддан ортиқ катта бойлик бахт келтирмади – депрессия туфайли 35 ёшида вафот этди
“Forbes” илк бор дунёнинг энг бой аёлларини эълон қилди