Namangandagi ko‘ngilochar istirohat bog‘ida 18 yoshli qiz attraksionda olgan tan jarohati tufayli vafot etdi.
Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, voqea 30-sentabr kuni soat 15:40 larda sodir bo‘lgan. Istirohat bog‘ida qurilishi to‘liq bitkazilmagan “Spin block” attraksionida test sinovi o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Elya Xalikova sinov tariqasida harakatlantirilayotgan attraksionga ruxsatsiz chiqib olgan.
So‘ng o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida ushbu attraksionning temir truba qismiga urilishi natijasida olgan tan jarohati tufayli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlarida Elya Xalikova “Namangan Istiqlol bog‘i” MChJga qarashli bo‘lgan ko‘ngilochar bog‘ida 2019-yilning 1-avgustidan beri qutqaruvchi vazifasida ishlab kelganligi va uning asosiy ish joyi ko‘ngilochar bog‘da joylashgan “akva park” suv havzasida bo‘lganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Daryo.uz
Тасодифий хабарлар
«Одамлар сони 10 мингдан ошган, ярадор ҳарбийлар оғир аҳволда эди» — Нукусда намойишлар қандай тинчитилган эди?
Хитойда одамсимон робот кино йўналиши бўйича ўқишга кирди
Монополия йўқ бўлади
Ўзбекистонда коронавирусдан ўлган одам қандай дафн қилинади?
Коронавируснинг кучи қачон пасайиши маълум бўлди